Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Peterburgda qo‘lga olindi

Qidiruvga bergan tomonga bu haqda xabar qilingan, gumondorni ekstradatsiya qilish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari boshlangan
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. O‘zbekiston so‘rovi bilan Peterburgda "xavfli" migrant qo‘lga olindi. Erkak o‘z vatanida o‘lim bilan qo‘rqitish va hujjatlarni soxtalashtirish moddalari bo‘yicha bir yarim yildan beri qidiruvda bo‘lgan, bu haqda "Operativnoe prikritie" nashri xabar bermoqda.

"O‘zbekiston fuqarosi O‘rta Osiyodagi huquqni muhofaza qilish organlaridan kelib tushgan so‘rov asosida Peterburgda qo‘lga olindi", — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda jinoyatchini ushlab berganlarga katta miqdorda mukofot beriladi
Nashr yozishicha, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidan bo‘lgan 24 yashar yigit politsiya xodimlari tomonidan o‘zi yashab kelayotgan Nastavniklar ko‘chasidagi uyi yonida tungi soat 2da  qo‘lga olingan.

Migrantni politsiya bo‘linmasiga olib kelishgan va u yerda u 2016 yilning 15-avgustidan O‘zbekiston IIV so‘rovi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgani ma’lum bo‘lgan.

Yigit o‘z vatanida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining ikkita — su’iqasd vilish va hujjatlarni soxtalashtirish moddalari bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan. Migrantga sirtdan — hibsga olish chorasi qo‘llanilgan.

Qidiruv tashabbuskoriga xabar qilingan, gumondorni ekstradatsiya qilish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari boshlangan.