TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.
"O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Vashingtonda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazdi", — deb xabar qildi matbuot-xizmati.
O‘zbek delegatsiyasi BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan o‘tkaziladigan qator tadbirlarda ishtirok etish uchun AQShga bir haftalik ishchi tashrifini amalga oshirmoqda.
Shuningdek, Vashingtonda o‘zbek-amerika muzokaralari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.