AQShda bo‘lgan Nazarboyev qozog‘istonliklar uchun vizani bekor qilish masalasini ko‘tardi

Nazarboyev AQSh Qozog‘iston fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etilishiga umid bildirgan
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. AQSh Qozog‘istonni kosmosda tadqiqot o‘tkazish masasalari bo‘yicha Xalqaro forumda ishtirok etishni taklif etdi, bu haqda ikkala davlat rahbarlari muzokaralaridan so‘ng Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev matbuot-xizmati xabar berdi.

Nazarboyev o‘z xalqiga muhim murojaat qilmoqchi - OAV
Xabarga ko‘ra, xalqaro forum 2018-yilning 3-mart sanasida Yaponiyada o‘tkaziladi.

"AQSh Qozog‘istonni 2018-yilning 3-martida Yaponiyadagi Kosmos tadqiqoti masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan 2-Xalqaro forumda ishtirok etishni taklif etmoqda", — deyiladixabarda.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston va AQSh tabiiy muhitdagi tahdidlarni baholash uchun kosmik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganadilar.

"Qozog‘iston bu — Xalqaro kosmik stansiyada faoliyat yurituvchi amerikalik fazogirlarning uchish va bexatar qaytadigan punktidir, Qo‘shma Shtatlar buni mamnunlik bilan qayd etadilar", — deb alohida ta’kidlangan matbuot-xizmati xabarida.

Nazarboyevning AQShga tashrifi qozoq matbuotlarida "tarixiy" deb baholanmoqda, Qozog‘iston parlamenti senati raisi Qosim-Jomart Tokayev esa o‘z Tvitterida "AQSh Qozog‘istonni ko‘z-ko‘z qilingan lutf ila qabul qildi", deb yozgan. Prezident N. Nazarbayev bil prinyat v Vashingtone s podcherknutoy lyubeznostyu i nazvan D. Trampom liderom, «polzuyushimsya ogromnim uvajeniyem». Adekvatnaya otsenka lichnosti lidera Kazaxstana, imeyushego nesomnennie zaslugi v svoyey strane i v mejdunarodnom soobshestve.

Qozog‘iston rahbarining AQShga rasmiy tashrifi davomida investitsiyaviy hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 20ta kommersiyaga oid hujjatlarni imzoladi. Yetti milliard dollarga yaqin bu mablag‘lar aviatsiya va kosmik tadqiqotlar, neftkimoviy va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamda infratuzilma sohasidagi loyihalarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan", — deyiladi xabarda.Shuningdek, uchrashuv davomida Nazarboyev va Tramp KXDR atrofidagi vaziyatni muhokama qilishgan.

Qozog‘iston prezidenti AQSh va Rossiya diplomatik munosabatlarida kuzatilayotgan sovuqlikdan tashvishdaligini bildirgan. U faqat birgalikdagi urinishlar shimoliy koreya hukumatining yadro dasturini rivojlantirish borasidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tdi.

Shimoliy Koreya muammosini AQSh, Xitoy va Rossiya tomonidan bo‘ladigan hamkorlikdagi harakatlar bilan hal etish mumkin, — deb aytgan Nursulton Nazarboyev.

Nazarboyev shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi viza tartibi masalasini ham ko‘targan. 2015-yilda Qozog‘iston AQSh fuqarolari uchun qisqa muddatli vizasiz dasturni e’lon qilgan, Qo‘shma Shtatlar esa Qozog‘iston fuqarolariga 10-yillik ishbilarmonlik va turistik vizalarini bera boshlagan edi.

Qozog‘iston Rossiyaga 140 tonna bug‘doyni qaytarib yubordi
Nazarboyev AQSh Qozog‘iston fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etilishiga umid bildirgan.

Prezidentlar shuningdek, ikkala mamlakatda qo‘lga kiritilgan yutuqlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar.

Trampni prezident bo‘lganining bir yilligi bilan tabriklagan Nazarboyev, u tomonidan o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlarga baho bergan va xuddi shunday tajriba 5-yil oldin Qozog‘istonda o‘tkazilganini aytgan.

Donald Tramp, o‘z navbatida, Qozog‘istonga uni 30ta eng global iqtisodiyotlar ro‘yxatida ko‘rish tilagini bildirgan.