Alisher Usmonovning "Qadimiy Buxoro" loyihasida ishtirokiga doir ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Yangi turistik zonasi Buxorodagi 10 gektar yerda barpo etiladi va hudud to‘liq bepul Wi-Fi bilan qamrab olinadi
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov superzamonaviy turistik majmua bo‘lmish — "Qadimiy Buxoro" loyihasida beg‘araz homiylik sharti bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiriga Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari Aziz Abduxakimov ma’lum qildi.

Alisher Usmonov: qo‘limdan kelganicha O‘zbekistonga yordam beraman
Abduxakimovga ko‘ra, Usmonovning ishtiroki turistik zonani keyinchalik metsenat boshqaruviga topshirishni nazarda tutmaydi.

Obyekt to‘liq O‘zbekiston tomoni ixtiyorida bo‘ladi.

"U (Alisher Usmonov — tahr.) ushbu loyihaning homiysi sifatida, deylik metsenat tarzida ishtirok etmoqda.  Katta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan, aniq budjet ham bor, ammo aniq raqamlar loyihalashtirish ishlari natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ladi", — deb qayd etdi Abduhakimov.

Yangi turistik zonasi G‘ijduvon ko‘chasi va "Qo‘xna va boqiy Buxoro" madaniy majmuasi oralig‘ida joylashgan 10 gektar joyda barpo etiladi. Zona maydonida pastqavatli zamonaviy mehmonxonalar, madaniy-sog‘lomlashtirish va savdo-ko‘ngilochar markazlarini barpo etish rejalashtirilgan. Ularda kunu-tun chet ellik sayyohlarga xizmat ko‘rsatish va maroqli hordiq chiqarish ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Turistik zonada turli shoular, tarixiy voqealarni aks ettirgan teatrlashtirilgan konsert tomoshalari namoyish etiladi va folklor ansambllari bilan bir qatorda zamonaviy estrada xonandalari chiqishlari, modalar namoyishi va boshqa tomoshabop tadbirlar tashkillashtiriladi.

Buxoroning qadimiy qismi to‘liq bepul Wi-Fi bilan qoplanadi.