O‘zbekistonda jinoiy ishlarni elektron shaklga o‘tkazish rejalashtirilgan

"Elektron jinoyat ishi" tizimi nafaqat ishni soddalashtiradi, balki tergovchilar, prokuror va sudyalarning kamchiliklarini kamaytirish imkonini beradi
Sputnik

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston jinoiy ishlar bo‘yicha tergov va barcha sud jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazishni rejalashtirilgan. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

2017 yilning eng shov shuvli hodisa va jinoyatlari

Bugungi kunda respublikada jinoiy ishlarni tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy muammolar mavjud. Jumladan, ekspertlar fikriga ko‘ra, ushbu jarayon qog‘ozbozlik ko‘payib, shaffoflik va tezkorlik mavjud emas.

Bu yerda misol tariqasida, shov-shuvli Borovskiy kolleji talabasi Jasurbek Ibragimov vafot etishi bo‘yicha jinoiy ishini keltirish mumkin. Mazkur ish bo‘yicha hukm e’lon qilingandan keyin protsessning ikki tomoni ham tergov o‘tkazilishidan norozi ekanligini bildirishgan.

Bugungi kunda respublikada 1000 jinoiy ishlar yuritilmoqda, bu millionlab qog‘oz degani, ularda turli xatolar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, yig‘majild ishlari va ularning alohida yig‘majildlari yoqotilishi mumkin. Bu kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida respublikada kelgusi bir necha yil davomda "elektron jinoyat ishi " axborot tizimini tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Ushbu tizim nafaqat ishni soddalashtiradi, balki tergovchilar, prokuror va sudyalarning xatolarini kamaytirish imkonini beradi.

Milliy gvardiya jamoat tartibini saqlash bilan shug‘ullanadi

Jinoyatni ro‘yxatga olish va tergov qilishdan to hukmni ijro etishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oluvchi "elektron jinoyat ishi" tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda jinoyat ishiga video, fotosurallar va tovush fayllarni qo‘shish imkoniyati ega bo‘ladi.

"Biz xalqaro tajribani o‘rganib chiqdik. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bu tizim jadal ravishda ishlatiladi. Bu o‘z navbatida ishchi kuchi va moddiy resurslarni iqtisod qilish imkoniyatini beradi. Ammo shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, hamma yerda tizim bosqichma-bosqich tatbiq etilgan. Bu yo‘lni biz ham o‘tamiz. Boshida bitta tuman miqyosida sinov tariqasida foydalanib ko‘rish rejalashtirilgan. Keyinchalik olingan tajriba asosida ushbu tizim butun respublikaga tatbiq etiladi", — dedi Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Umid Muxamedov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘ladigan o‘zgarishlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak, chunki har bir jinoiy ish orqasidan odam taqdiri turibti.
Kelgusida barcha huquq tartibot organlari elektron ish yuritishga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Endi bir qator sohaviy vazirlik va idoralar shu yil yakuniga qadar yangi tizimni tatbiq etishni nazarda tutgan prezident qaror loyihasini ishlab chiqishlari zarur.