O‘zbekistonda harbiy paradning eng yorqin lahzalari

Sputnik
Shuningdek, respublikaning barcha viloyatlarida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali harbiy namoyishlar, munosib askar va zobitlarni rag‘batlantirish tadbirlari hamda harbiy xizmatchilarga yangi uy va mashinalar kalitlari topshirish marosimlari bo‘lib o‘tdi.
1 / 9
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkentda tantanali harbiy festival, konsert va avtomobillar paradi bo‘lib o‘tdi.
2 / 9
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Andijon viloyatining Shaxrixon tumanida tantanali harbiy festival, konsert va avtomobillar paradi bo‘lib o‘tdi.
3 / 9
Tadbirda Shaxrixon tuman hokimiyati, mudofaa, IIB hamda Shaxrixon avtomobil maktabi ishtirok etdi.
4 / 9
Tadbir oxirida "Toj mahal" tantanalar saroyida bazm dasturxoni yozildi. Unda urush qatnashchilari, mehnat fahriylari ishtirok etishdi. Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi yetakchilari tomonidan gul, tabriknomalar va qimmatbaho sovg‘alar tarqatildi.
5 / 9
Toshkent markazida tashkillashtirilgan namoyida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi 50dan ortiq harbiy texnika, 200ga yaqin o‘qotar qurollar va boshqa harbiy aslahalar namoyish etilgan
6 / 9
Poytaxt markazida bo‘lib o‘tayotgan "Qurolli kuchlar va yoshlar" festivalida harbiy qo‘shlar qurol-aslahalari, zarhlangan texnika va harbiy kiyim boshlar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.
7 / 9
Tadbirda harbiy qo‘shinlar va harbiy texnika saf tortib o‘tdi.
8 / 9
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 26-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi e’lon qilindi.
9 / 9
Namoyishni osmonda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib uchayotgan vertolotlar va desantchi va maxsus bo‘linmalar namoyishlari to‘ldirib turibdi.