Aziz Abduhakimov: O‘zbekiston turizm sohasida ulkan imkoniyatlarga ega

2017 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlar soni 2 mln 520 ming nafardan ortig‘ini tashkil etdi va 2016-yilga nisbatan 44,3 % oshgan
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Bugun, 15-yanvar kuni O‘zbekiston prezident matbuot xizmati tomonidan tashkillashtirilgan turizm rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov "O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari va uni mamlakat iqtisodiyotiga ahamiyati" mavzusida hisobot berdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Turizm qo‘mitasi raisi Press xoll mehmoni bo‘ladi

Eslatib o‘tamiz, yangi 2018-yil boshlab O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati tomonidan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan g‘oyasi asosida davlat va jamiyat hayotiga oid muhim va dolzarb masala bo‘yicha tizimli ravishda brifing va matbuot anjumanlari o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yildi.

Tasdiqlangan rejaga muvofiq, matbuot anjumaniga O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov taklif etildi.

"Turizm sohasida ulkan imkoniyatlarga ega, xususan mamlakatda jami 7300 tadan ortiq madaniy meros obyektlari, shu jumladan 4300 tadan ortiq arxeologik obyektlar, 2000 dan ortiq arxitektura obyektlari mavjud. Ulardan 500 tadan ortiq turistlar tashrifi uchun sharoit tashkil qilingan hamda turizm yo‘nalishiga kiritilgan. 8 ta quriqlanadigan hudud, 3 ta milliy tabiat bog‘lari, 6 ta tabiat yodgorliklari, 11 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud", — deb ta’kidladi qo‘mita raisi Aziz Abduhakimov.

Abduhakimov so‘zlariga ko‘ra ko‘ra, turizm sohasida qonunchilik asosini mustahkamlash sohadagi munosabatlar huquqiy tartibga solish takomillashtirish doirasida o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston yangi tahridagi turizm to‘g‘risidagi qonun loyihasi hamda 30 ta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, undan 22 tasi qabul qilindi va hozirgi kunda amalga oshirilmoqda.

"Amalga oshirilgan amaliy chora-tadbirlarning natijasi ularoq 2017-yilda respublikaga tashrif buyuradigan turistlar soni 2 mln 520 ming nafardan ortig‘ini tashkil etdi va 2016-yilga nisbatan 44,3 % oshgan. Mamlakatga tashrif buyuradigan turistlarning 2 mln 150 ming ortig‘i bu qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan Qozog‘istondan — 1,7 mln kishi, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan — 150 ming kishi, uzoq uzoq xorijiy mamlakatlar — 220 ming nafar fuqarolari tashkil etdi", — deb ta’kidladi Aziz Abduhakimov.