TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklarning O‘zbekistonga kelishi faollashgan va turistlar oqimini uchta toifaga bo‘lish mumkin.
U shuningdek, Rossiyaning alohida regionlaridan sayyohlar temiryo‘l transportida kelishayotganini va u ancha arzon tushishini qo‘shimcha qildi.
Aviatashuvlar arzonlashuviga keladigan bo‘lsak, Abduxakimovning so‘zlariga ko‘ra, bu tez kechmaydigan va murakkab masala, ammo bu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda.
"Biz hozirda milliy aviakompaniya bilan birgalikda bu masalani hamkorlikda muhokama qilyapmiz, bu yo‘nalishda o‘zgarishlar bor — ichki aviareyslarga chegirmalar e’lon qilindi. Xalqaro aviatashuvlarga keladigan bo‘lsak, narx tushirilishi uchun sayyohlar mamlakatda ko‘proq pul qoldirishlari kerak, bu o‘zini oqlashi uchun. Aviatashuvchilar bilan bu borada aniq tushunchalarimiz bor, tez orada bu mavzuda yaxshi xabarlarni kutsangiz bo‘ladi", — deb xotima qildi Davlat Turizm qo‘mitasi.