Vazir Kamilov AQShga boradi

Tashrif dasturida Vashington shahrida O‘zbekiston-AQSh muzokaralarini o‘tkazish ham nazarda tutilgan
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 14-21 yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

AQSh Markaziy Osiyodagi mamlakatlarning birida "S5+1" formatida uchrashuv o‘tkazmoqchi
O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida BMT Xavfsizlik Kengashining "Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari" nomli tadbirida va vazirlar darajasidagi "Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish" mavzusida ochiq munozaralarda ishtirok etadi hamda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va xorijiy davlatlarning bir qator tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Shuningdek, tashrif dasturida Vashington shahrida O‘zbekiston-AQSh muzokaralarini o‘tkazish ham nazarda tutilgan.