Rossiya IIV xodimlariga O‘zbekistonda dam olishga ruxsat berildi

2018 yilda Rossiya Ichki ishlar xodimlari dam olishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga O‘zbekiston ham kiritildi.
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev muassasa xodimlariga dam olish uchun xavfsiz bo‘lgan chet mamlakatlar ro‘yxatini tasdiqladi, Rossiya Turoperatorlar Assotsiatsiyasi xabariga asosan.

Ichki ishlar vazirining 26-dekabrda imzolangan “Rossiya Federatsiyasi IIV xodimlarining dam olish maqsadida mamlakat hududini tark etish to‘g‘risidagi”  buyrug‘iga binoan muassasa xodimlari borishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati bir necha ko‘rsatgichlar bo‘yicha tanlab olingan.

“Ichki ishlar xodimlari dam olish uchun borishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati, harbiy-siyosiy, kriminogen, sanitar-epidemiologik va tabiiy ofatlar ehtimolini hisobgan olgan holda tuzildi”, — deyilgan xabarda.

Ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondan tashqari Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Vyetnam, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Kuba, Tojikiston, Turkmaniston va Janubiy Osetiya kiritilgan.

O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasida hamkorlik qilish yo‘l haritasi tayyorlanadi

Oldin ushbu yo‘nalishlar orasida Turkiya va Misr ham bor edi, lekin bo‘lib o‘tgan teraktlar va Yaqin Sharqdagi umumiy notinchlik tufayli ushbu yo‘nalishlar ro‘yxatdan chiqarilgan.

Turizm sohasi ekspertlari ruyxatga kiritilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirishgan.

Ularning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston qiziq ekskursion yo‘nalish, lekin aviachiptalar narxi qimmat.

Tojikistonga esa Rossiyadan tashkiliy sayohatlar yo‘q, ya’ni sayyohlarning o‘zlari bu ish bilan shug‘ullanishlari kerak bo‘ladi.

Qozog‘iston va Qirg‘izistonga ham tashkil qilinayotgan sayohatlar soni unchalik ko‘p emas.

Turkmanistonga sayyohat qilish yanada noqulay, chunki ushbu mamlakat bilan Rossiya orasida viza tartibi o‘rnatilgan. Tashkiliy sayyohatlar esa – umuman yo‘q.