O‘zbekistonda Buyuk Kelajak ekspertlar kengashi tuzila boshlandi

Yangi tuzilmaga dunyoning turli mamlakatlarida turli sohalarda ishlash tajribasiga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar kiritiladi va ular O‘zbekistonning 2035-yilga qadar bo‘lgan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishadi.
Sputnik

TOShKENT, 12 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda Buyuk Kelajak ekspertlar kengashi tuzila boshlandi, deb xabar qilmoqda UzA.

Buyuk Kelajak ekspertlar kengashi tarkibiga kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan, lekin ayni damda dunyoning turli mamlakatlarida xalqaro kompaniyalar tarkibida sud-huquq, moliya, ta’lim, maorif va tibbiyot sohalaridan faoliyat yuritayotgan, yetakchi muttaxassilar taklif qilinadi.

Buyuk Kelajak ekspertlar kengashining asosiy maqsadi — 2035-yilgacha bo‘lgan O‘zbekiston rivojlanish modelini tuzish. Ushbu model xalqaro tajriba, O‘zbekiston bozorlarining tahlili va asosiysi o‘zbekistonlik mutaxasisslarning shaxsiy tajribasiasosida yaratiladi.

O‘zbekistonning 2021-yilgacha rivojlanish strategiyasi ishlab chiqiladi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘tgan yili 2017-2021 yillarda rivojlanish strategiyasini qabul qilgan edi. Ular davlat va jamiyatning besh asosiy yo‘nalish bo‘yicha rivojlanishini nazarda tutadi: tashqi siyosat, davlat boshqaruvini va sud-huquq tizimini zamonaviylashtirish, iqtisodni erkinlashtirish va ijtimoiy sohani isloh qilish.

O‘zbekistonning 2035-yilga qadar rivojlanish strategiyasi, hukumat tomonidan tasdiqlangan yo‘nalishlar va tamoyillar bo‘yicha amalga oshiriladi. Mutsqillik yillarida erishilgan yutuqlar bugungi kun yangiliklari bilan muvofiqlashgan holda O‘zbekistonning o‘ziga xos rivojlanish yo‘li yaratiladi.