Kim Chen In Shimoliy Koreya g‘alabasining sirini aytdi

3 sentabrda Shimoliy Koreya vodorod kallakli raketani sinovdan o‘tkazgandi
Sputnik

TOShKENT, 12 yanv —Sputnik. KXDR "dushmanlar 10 va 100-yilga sanksiya kiritgan taqdirda ham qiyinchilikka duch kelmaydi", dedi Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In davlat fanlar akademiyasi olimlari oldida chiqish qilish chog‘ida. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Janubiy Koreya KXDRga oliy darajada muzokaralar o‘tkazishni taklif etdi

"Og‘ir sinovlar sharoitida Koreya inqilobining g‘alabasi sirlaridan biri shundaki, biz asosiy e’tiborni fan va texnikani rivojlantirishga qaratdik. Mustaqil milliy iqtisodiyot, ilmiy-texnik mutaxassislar va aqlli boshlar evaziga biz dushmanlar 10 va 100-yilga sanksiya kiritgan taqdirda ham qiyinchilikka duch kelmaymiz", — degan so‘zlaridan iqtibos keltiradi Koreya markaziy telegraf agentligi.

Eslatib o‘tamiz, 3-sentabrda Shimoliy Koreya vodorod kallakli raketani sinovdan o‘tkazgandi. Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylari ushbu raketaning quvvatini 160 kilotonna deb baholashgandi. Bu 1945-yilda Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan bombadan 10 baravar kuchliroq degani.

Shu bois BMT Xavfsizlik kengashi KXDRga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi.