Soliq qo‘mitasi oliy ma’lumotlilar va kollej bitiruvchilari orasidan ishchi qidirmoqda

Davlat soliq organlarining inspektorlar tarkibi lavozimlari o‘rta maxsus darajadan kam bo‘lmagan iqtisodiyot, moliya yoki yuridik ixtisoslik bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tanlov asosida ishga qabul qilinadi
Sputnik

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi davlat soliq xizmati organlaridagi bo‘sh bo‘lgan lavozimlarga ishga taklif qilishi haqida e’lon berdi.

Moliya va soliq organlari rahbarlariga javobgarlik choralari ko‘rish mexanizmi kuchga kirdi
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlarining rahbarlik va inspektorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilish hamda lavozimlariga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida"gi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi", — deyiladi qo‘mita matbuot-xizmati xabarida.

Soliq organlari xizmatiga yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasb, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy sifatlariga, ma’lumoti darajasiga va salomatligiga ko‘ra, davlat soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Davlat soliq organlarining inspektorlar tarkibi lavozimlari o‘rta maxsus darajadan kam bo‘lmagan iqtisodiyot, moliya yoki yuridik ixtisoslik bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.