TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Endilikda O‘zbekistonda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni haqiqiy xalq bayrami sifatida nishonlanadi, bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Ma’lumki, hozirga qadar biz ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahrida respublika miqyosida tantanali bir tadbir o‘tkazish bilan cheklanar edik. Bunday tajriba endi eskirib qoldi va undan voz kechish vaqti keldi, deb o‘ylayman.
Bu masalaning hayotimizdagi o‘ta muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, Vatan himoyachilari kunini rasmiyatchilikdan xoli, ko‘tarinki va ta’sirchan ruhda, haqiqiy xalq bayrami sifatida, yangicha shaklda tashkil etish zarur.
Bunday tadbirlarni ayniqsa hududlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda harbiy-ma’muriy sektorlar — mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida, yuksak saviyada o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish darkor", — dedi prezident.