TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbega rasmiy tashrif bilan borgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi. Bu haqda Tojikiston prezidentining matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Suhbatdoshlar Tojikiston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan tojik-o‘zbek hukumatlararo komissiyalarining yig‘ilishlari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv davomida savdo cheklovlarini bartaraf qilish bilan bog‘liq masalalar, fuqarolarning harakatini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun ta’riflarni kamaytirish, ikki mamlakatni bog‘lab turuvchi mavjud yo‘llarni reabilitatsiya qilish, davlat chegaralari bilan bog‘liq ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishib olindi.
Shuningdek, suv va energetika masalasi, terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatlarning turli ko‘rinishlariga qarshi birgalikda kurashish masalalari ham muhokama qilindi.