TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Henley & Partners kompaniyasi vizasiz kirish mumkin bo‘lgan davlatlarining ro‘yxatini tuzdi.
O‘zbekiston 81-chi o‘rinni egallagan. O‘zbekiston fuqarolari 54 ta davlatga vizasiz borishlari mumkin. Tojikiston ham shu o‘rinda.
Qozog‘iston va Belarus 65-chi o‘rinda. Qirg‘iziston esa 76 o‘rinda.
Rossiyaliklar 48 o‘rinda bo‘lib, 110 ta davlatga vizasiz borishlari mumkin.
Ushbu ro‘yxatda, fuqarolari vizasiz eng ko‘p mamlakatlarga bora oladigan birinchilikni Germaniya fuqarolari olishgan. Ikkinchi o‘rinda Singapur, uchinchi o‘rinda Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Italiya, Norvegiya, Finlyandiya, Fransiya, Yaponiya.