TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. 2018-yil 9-yanvar sanasida shu vaqtgacha urush yoqasida bo‘lib kelgan Janubiy va Shimoliy Koreya delegatsiyalari o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Renxap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar munosabatlarni yaxshilash yo‘llarini muhokama qilib, shimoliy koreyalik sportchilarni Pxonchxanda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada ishtiroki masalasini ko‘rib chiqadilar.
Cheklov choralaridan aynan qaysilari olib tashlanishi haqida aniq ma’lumot yo‘q, biroq Seul bu borada BMT Xavfsizlik kengashi sanksiya qo‘mitasi, AQSh va boshqa "manfaatdor tomonlar" bilan "yaqindan maslahatlashish"ni rejalashtirgan.
Janubiy Koreya TIV vakili, "yadro va raketa ishlab chiqarish" xavfining jiddiyligini e’tiborga olgan holda Seul KXDRga nisbatan xalqaro bosim choralariga to‘liq amal qilishini qo‘shimcha qilgan.
Shimoliy Koreya delegatsiyasi o‘z navbatida, Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yirik delegatsiyani yuborishini ma’lum qilgan. Uning tarkibida musiqachilar, sport muxlislari va jurnalistlar bo‘lishi aytilmoqda.
Qishki Olimpiya o‘yinlari Pxonchxanda 9-fevralda boshlanib 25-fevralga qadar davom etadi.
Janubiy Koreya KXDRga oy taqvimi bo‘yicha keladigan Yangi yil(15 fevral) munosabati bilan millatning ikkiga ajralib ketishi oqibatida bir-biridan ajralib qolgan oilalar uchrashuvini o‘tkazishni taklif etgan.