TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Toshkent sirki yanvar oxiriga qadar Dushanbeda gastrolda bo‘ladi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
Sirk jamoasi Tojikiston poytaxtiga yangi yil arafasida, 29-dekabrda kelgan bo‘lib, bir necha chiqishlar qildi.
Gastrol dasturi Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik doirasida ishlab chiqilgan.
Tashkil topganiga 100-yildan oshgan Toshkent sirki o‘zining sirkchilar sulolalari bilan mashhur. Ular orasida Toshkenboyevlar va Zaripovlar sulolasi taniqli bo‘lib, sirk mahorati sirlari avloddan-avlodga o‘tib keladi.