MXX qo‘lbola oltin yombilari kontrabandasini oldini oldi

Jinoyatchilar umumiy og‘irligi 4,7 kg bo‘lgan oltin quymalarini Qirg‘izistonga o‘tkazib yuborish rejalashtirgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Farg‘ona viloyati Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari Davlat Bojxona xizmati xodimlari bilan birgalikda katta miqdorda oltin kontrabandasi oldini olishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Kontrabanda: O‘zbekiston MXX rangli metall ortilgan "KamAZ"ni qo‘lga oldi

Farg‘ona tumani, Vuadil posolkasida yashovchi Akbarjona To‘rayev qo‘shni Yoshlarobod qishlog‘ida yashovchi Nodirjon Karimovga 6ta qo‘lbola oltin quymasini berishga uringan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Akbarjon To‘rayev oltin yombilarini Chimon qishlog‘ida yashovchi Boburmirzo Abdusalomovdan olgan va o‘z avtomobili saloniga yashirgan.

Ekspertiza natijasida ma’lum bo‘lishiga ko‘ra, oltin quymalarining umumiy og‘irligi 4,778 kg grammni tashkil qilgan. daslabki baholash bo‘yicha uning umumiy qiymati 1, 551 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.

Tergov-taftish ishlari natijasida aniqlanishiga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslar ushbu oltinlarni Qirg‘izistonlik  Shukurjon Xalmiddinovga berib yuborishni rejalashtirishgan. Ushbu ish yuzasida Farg‘ona viloyati MXX boshqarmasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.