Andijonda bir oilaning to‘rt a’zosi o‘lik holatda topildi

Fuqarolar hayotiga zomin bo‘lgan holat yuzasidan turli tahminlar mavjud. Bu tabiiy gazdan zaxarlanish yoki qotillik ham bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi xonadonlarning biridan to‘rt nafar fuqaro jasadi topildi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

Vladivostokda O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari topildi
Xabarda aytilishicha, jasadlar shu uyda istiqomat qiluvchi, 1989-yilda tug‘ilgan oila bekasi, uning singlisi va ikki farzandiga tegishli.

Ma’lumotlarga ko‘ra, turarjoy binosi ma’lum daraja yonib ketgan. Fuqarolar hayotiga zomin bo‘lgan holat yuzasidan turli tahminlar mavjud. Bu tabiiy gazdan zaxarlanish yoki qotillik ham bo‘lish mumkin.

Nashr bu so‘nggi paytda Andijonda yuzaga kelgan ikkinchi mudhish hodisaligini eslatib o‘tgan. Uch oy muqaddam Buloqboshi tumanidagi Baynalminal mahallasidagi zovurdan 8 yoshli qizaloq jasadi topilganligi qo‘shimcha qilingan.

Har ikki holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.