Yigirma yillik muzni eritib: Mirziyoyev Tojikistonga safar qiladi

O‘zbekiston rahbari temiryo‘l qatnovini ochish va yagona energetik tizimni tiklash bo‘yicha Tojikiston prezidenti bilan bitim imzolashni rejalashtirgan
Sputnik

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga safar qilishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Toshkentdagi yangi metro bekatiga Tojikiston shoiri nomi berildi
O‘zbekiston rahbari 6-yanvar kuni Toshkent viloyati deputatlar kengashi oldida chiqish qilib, respublika Tojikiston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishi haqida bayonot qilgan.

"Chunki yomon qo‘shnini qiyomat kuni hech kim kechirmaydi", — deb aytgan Mirziyoyev deputatlarga.

O‘zbekiston prezidenti, shuningdek, Tojikistonga rasmiy tashrifga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida aytgan. Buning uchun O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov yaqin kunlarda Dushanbega safar qilishi ma’lum qilingan.

"Biz ko‘plab bitimlarni imzolaymiz, temiryo‘l qatnovini ochamiz, yagona energetik tizimni tiklaymiz va boshqa ko‘plab masalallarni muhokama qilamiz", — degan Mirziyoyev.

Mirziyoyevga ko‘ra, yaqinda joylashgan mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yo‘lga qo‘ymay turib, uzoq xorij davlatlari bilan muloqotni yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi.

O‘zbekiston rahbari qo‘shnilar bilan munosabatlarni yaxshilashga intilishi borligini, ammo "20 yillik muzni eritish unchalik ham oson ish emasligi"ni qayd etgan.