TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Farrux Zokirov hamda Yulduz Usmonova "Yil estrada xonanda"lari bo‘lishdi, deb xabar qildi "Xabar" axborot-tahliliy portali.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va san’at sohalaridagi "Ehtirom" mukofoti 34 nafar ijodkorga topshirildi.
O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov hamda Yulduz Usmonova "Yil estrada xonandasi" nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan bo‘lsa, O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva "Yil an’anaviy qo‘shiq ijrochisi" nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi.
O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Yayra Abdullayeva "Sahnamiz farishtasi", O‘zbekiston xalq artisti, rejissor Bahodir Yo‘ldoshev "Yil rejissori" nominatsiyalari g‘olibi bo‘ldi.
Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha san’at va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan jami 34 ijodkorga ushbu sovrin topshirildi.