Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida kadrlar o‘zgarishi yuz berdi

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘l tumanida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi sifati bilan tanishgan va mas’ul shaxslarga aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasida tegishli topshiriqlarni bergandi
Sputnik

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi rahbarlar tayinlandi, deb xabar qildi vazirlik axborot xizmati.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri 60 milliard so‘mni nega tejab qolganiga izoh berdi

Kitob tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Doniyor Tursunov Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga esa ilgari Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelgan To‘raqul Arziqulov tayinlandi.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘l tumanida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi sifati bilan tanishgan va mas’ul shaxslarga aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasida tegishli topshiriqlarni bergandi.