Jinoyat ishi bo‘yicha jarima undirish uchun hujjatlar 3 kun muddatda yuboriladi

Hujjatlarni yuborish muddati - sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirilmaydi
Sputnik

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasiga tuzatishlar kiritildi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

Formali kiyim-boshlarni qonunga xilof ravishda kiyganlar jazolanadi
Xabarga ko‘ra, hukmning jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga taalluqli qismini ijro etish uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari mahkumning yashash joyidagi yoxud jazoni o‘tash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan joydagi davlat ijrochilariga yuboriladi.

Hujjatlarni yuborish muddati — sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirilmaydi.

Ko‘rsatilishicha, hujjatlar birinchi instansiya sudi tomonidan yuboriladi.

Qonun "Xalq so‘zi" gazetasida e’lon qilingan va 5.01.2018 yilda kuchga kirdi.