O‘zbekistonda yana 12 post olib tashlandi

Shu kunga qadar avtomobil yo‘llarida joylashgan jami 66 ta, jumladan, 23 ta muntazam yo‘l-patrul xizmati maskani, 19 ta blok post va 24 ta to‘siq posti olib tashlandi
Sputnik

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyatini tugatish hamda sonini qisqartirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi.

O‘zbekiston hududidagi 54 ta postning faoliyati tugatildi - IIV
Xabarga ko‘ra, shu kungacha 54 yo‘l-patrul xizmati maskani va blok postning faoliyati tugatilgan bo‘lsa, bugun ularning soni yana 12 taga qisqardi.

Shu kunga qadar avtomobil yo‘llarida joylashgan jami 66 ta, jumladan, 23 ta muntazam yo‘l-patrul xizmati maskani, 19 ta blok post va 24 ta to‘siq posti olib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston hududida 133 yo‘l-patrul, patrul-post xizmati statsionar maskani mavjudligi, ularning 66 tasi tugatilishini ma’lum qilgan edi.