Toshkent viloyatiga hokim tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev bir necha oydan beri “vazifasini bajaruvchi” lavozimida ishlab kelayotgan G‘ulomjon Ibragimovni hokim etib tayinladi.
Sputnik

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga sobiq bosh vazir o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimovni tayinladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ibragimov o‘tgan yilning oktabr oyidan beri viloyatda hokim vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi. Bundan oldingi faoliyatida esa Geologiya, yonilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sohalari majmualarini boshqarib kelgan edi.

Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati rahbarlari oxirgi vaqtlarda tez-tez o‘zgarib turmoqda. O‘tgan bir yarim yil davomida viloyatda uchta hokim o‘zgardi. 2016-yilning avgustida Sodiq Abdllayev o‘z lavozimini tark etgan edi.

Undan keyin kelgan hokim Islomjon  Egashxo‘jayev fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdagi muammolar tufayli 2016-yil dekabrida o‘z vazifarini tark etdi.

Navbatdagi hokim etim Shukurullo Boboyev tayinlangan edi, lekin 2017-yilning oktabr oyida Boboyev ham, paxta terish ko‘rsatgichlarini oshirganligi tufayli, o‘z vazifasini tark etishga majbur bo‘ldi.