Mirziyoyev Yangiyo‘lda 12 ta yangi ko‘p qavatli uy-joy qurish haqida topshiriq berdi

Hozirgi vaqtda prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi davom etmoqda
Sputnik

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Yangiyo‘l shahrida 7 qavatli 12 ta yangi ko‘p qavatli uy-joy, zamonaviy bog‘, bozor, supermarket, ko‘prik qurish bo‘yicha mutassaddilarga topshiriq berdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifini boshladi

Prezidentga Yangiyo‘l shahrining Bosh rejasi loyihasi, shahardagi ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash dasturi hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bugungi kunda Yangiyo‘l shahrida 86 ming 800 aholi istiqomat qiladi. 241 ta ko‘p qavatli uylar bo‘lib, ularga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatadi.

Bundan avval prezident Zangiota tumanidagi "Highway Logistics" logistika markazi ish faoliyati bilan tanishdi.