TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. 2018 yil 5-yanvar kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidiqov, Tojikiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomi, Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Shiri Shiriyev va Qozog‘iston Respublikasi Muvaqqat ishlar vakili Mursal-Nabi Tuyakbayevni qabul qildi. TIV matbuot xizmati xabariga asosan.
Xabarda aytilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil sentabrda Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi va noyabrda Samarqand shahrida xalqaro konferensiya minbarlaridan ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlarining ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston takliflari bilan Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo davlatlarining Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tanishtirdi.
Tomonlar mintaqa kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.