GM Uzbekistan avtomobillari uchun aksiz solig‘i 5 baravar kamaytirildi

Ushbu chora natijasida avtomobillar narxi tushish tushishi yoki tushmasligi - bu kompaniyaning bugungi kundagi rentabellik darajasiga bog‘liq.
Sputnik

TOShKENT, 5 yanv – Sputnik.GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar uchun aksiz solig‘i 27 %dan 5 %gacha kamaytirildi, deyilgan Shavkat Mirziyoyevning 29-dekabr kuni e’lon qilingan 3454-sonli qarorida.

GM Uzbekistan o‘z avtomobillari narxini oshirmaydi

Ushbu chora natijasida avtomobillar narxi tushish tushishi yoki tushmasligi — bu kompaniyaning  bugungi kundagi rentabellik darajasiga bog‘liq. Birinchi navbatda, ushbu chora avtomobil narxlarini bugungi kun darajasida saqlab qolishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati 5-sentabrda xorijiy valyutalar davlat kursini bozor kursi darajasiga qadar oshganidan keyin, aholiga sotilayotgan yonilg‘i narxining keskin oshib ketmasligi uchun benzin,  dizel va aviatsiya yonilg‘isi ustiga qo‘yiladigan aksiz soliqlarini ham bekor qilgan edi.