Pokiston TIV Amerika elchisini chaqirtirdi, deb xabar berdi OAV

Tramp Pokiston terrorchilarga boshpana berapti, degan gaplaridan keyin rasmiy Vashington Islomobodga bu yil terrorizmga qarshi kurash uchun ajratiladigan 255 million dollarni bermasligi haqida xabarlar tarqaldi
Sputnik

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning Islomobod sha’niga yog‘dirgan tanqididan keyin Pokiston TIV mamlakatdagi amerika elchisini chaqirtirdi, deb xabar qiladi mahalliy  News International nashri manbalarga tayangan holda.

Tramp: Pokiston Afg‘onistondan borgan jangarilarni yashirdi
Nashr xabariga ko‘ra, Pokiston tashqi siyosiy mahkamasi AQSh elchisi Devid Xeylani dushanba kuni kechqurun Trampning Pokiston sha’niga aytgan "asossiz ayblovlari" uchun norozilik bildirish uchun chaqirtirgan.

Sal oldin Tramp o‘zining Twitterida AQSh Pokistonga moliyaviy yordam yuborib turganini, lekin Islmobod terrorizmga qarshi kurashda yordam bermagani, balki Afg‘onistondan borgan terrorchilarni yashirib kelganligi haqida yozgan edi. Amerika yetakchisi boshqa bu qaytarilmaydi, deb va’da bergandi.

Dushanba kuni Fox News telekanali Oq Uydagi Milliy xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayangan holda AQSh hukumati Pokistonga bu yil terrorizmga qarshi kurash uchun ajratilishi rejalashtirilgan 255 million dollarni bermaslikka qaror qilgani haqida xabar bergan.

MXX vakili so‘zlariga ko‘ra, Tram ma’muriyati "Pokiston bilan hamkorlik darajasini baholashda davom etadi".