Rossiyaga borish arzonlashdi - O‘zbekiston temir yo‘llari katta chegirma e’lon qildi

2018 yil 2-yanvardan boshlab Rossiya va Qozog‘iston temiryo‘l yo‘nalishlariga 45 %gacha chegirmalar joriy qilindi
Sputnik

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. 2018 yildan Rossiya va Qozog‘iston temiryo‘l yo‘nalishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi reyslariga chegirmalar joriy qilinadi, deb xabar berdi "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati matbuot-xizmati.

Xususan, 2-yanvardan e’tiboran chiptalarning oldindan xarid qilish muddatiga qarab quyidagicha chegirmalar belgilandi:

“O‘zbekiston temir yo‘llari” o‘quvchi va talabalar uchun 50%lik chegirmalar belgiladi
- yo‘lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 45-31 sutka oldin xarid qilsa, 45 % chegirmaga ega bo‘ladi;

— yo‘lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 30-6 sutka oldin xarid qilsa, 35 % chegirma oladi;

— yo‘lovchi plaskart vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 45-31 sutka oldin xarid qilsa, 35 % chegirma taqdim etiladi;

— yo‘lovchi plaskart vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 30-6 sutka oldin xarid qilsa, 35 % chegirma beriladi;

— yo‘lovchi chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 5 sutka oldin va undan kamroq vaqt qolganda xarid qilsa, 5 % ustama qo‘shilishi mumkin;

Mazkur chegirmalar ichki yo‘nalishlar, shuningdek, uyushgan yo‘lovchilar guruhiga nisbatan tatbiq etilmaydi.