Karnay — bayram xabarchisi

Obuna bo‘lish
Karnay taxminan 3000-yillik tarixga ega. O‘tmishda karnay birinchi navbatda harbiy maqsadlarda, qo‘shinlarni boshqarish uchun, turli ogohlantirish signallari yuborish uchun foydalanilgan.
Karnay — fors tilida “katta nay” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u asosan O‘rta Osiyo va Eronda keng tarqalgan cholg‘u asbobi. Uning uzunligi taxminan 3 metr, misdan yasalgan, konussimon shaklga ega.

Karnay past tovush diapazonida, lekin kuchli ovozga ega. Shu sababli uning tovushi uzoq uzoqlarga tarqaladi va hatto binolarning ichiga ham kirib boradi.
Musiqachi karnay chalganda uning og‘zini yuqoriga qaratib, turli tomonlaga burilib, turli yo‘nalishlarda tovushlarni yuboradi.
Karnay taxminan 3000-yillik tarixga ega. O‘tmishda karnay birinchi navbatda harbiy maqsadlarda, qo‘shinlarni boshqarish uchun, aloqa maqsadida, turli ogohlantirish signallari yuborish uchun foydalanilgan. Shuningdek, shohlar va sarkardalarning tantanali yurishlari haqida ogohlantirish maqsadida ham ishlatilgan.
Bugungi kunda karnay Markaziy Osiyo davlatlarida ommaviy baram va tantanalarda foydalaniladi qo‘llaniladi.
Yangiliklar lentasi
0