Avtomobilni qishga qanday tayyorlash kerak?
Obuna bo‘lish
Qish yaqin. Sovuqni tayyor holda kutib olish maqsadadida Sputnik haydovchilar uchun foydali maslahatlar ro‘yxatini tuzdi.
O‘zbekistonda qish qattiq emas, lekin ar yili sovuq ob-havoning kirib kelishi, avtomobil haydovchilari uchun kutilmgan qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda. Haroratning keskin o‘zgarishi, ertalabki muz yoki to‘satdan qor yog‘ishi har qanday tajribali haydovchi uchun muammo keltirib chiqarishi mumkin.
Sovuqni “qurollangan” holda kutib olish maqsadadida Sputnik haydovchilar uchun qishgi nazorat ro‘yxatini tuzdi.
Sovuqni “qurollangan” holda kutib olish maqsadadida Sputnik haydovchilar uchun qishgi nazorat ro‘yxatini tuzdi.
Eng muhim tekshiruv nuqtalari:
1.
G‘ildiraklar. Avtomobilning eng muhim qismi. Qish vaqtida sizga imkon qadar yumshoq va “tishli”, protektori kamida 4 mm bo‘lgan balonlar kerak. Protektori silliq bo‘lib qolgan yoki yozgi ballonlarda yurish — xavfli. "Vsesezonka" yoki M+S (Mud+Snow) - belgisi bor bo‘lgan ballonlar O‘zbekistonda aksariyat hollarda qo‘l keladi. Chunki bunday ballonlar odatda yumshoq va "tishi" ham maydaroq bo‘ladi.
Agar tog‘li hududda yashasangiz yoki tez-tez qor va muz bilan qoplangan yo‘llardan harakatlansangiz – sizga qishki balon kerak.
2.
Akkumulyator. Akkumulyator sovuq havoda o‘z quvvatining bir necha foizini yo‘qotadi. Sovuqda dvigatel ham tezda o‘t olmaydi. Shu sababli qish mavsumida sizga baquvvat (imkon qadar yangi) akkumulyator kerak.3.
Antifriz yaroqli bo‘lishi kerak. Odatda uning foydalanish muddati 2-yildan 5-yilgacha.4.
Texnik xizmat ko‘rsatish. Tajribali haydovchilar qish oldidan avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazadi. Muddati yetib kelgan bo‘lsa moy almashtirish, svecha va klemmalarni tekshirish, salon isitgichini tekshirish — qish mavsumida avtomobildan foydalanishni qulay va xavfsiz qiladi.5.
Oyna yuvish suyuqligi ham qishgi (muzlamaydigan) bo‘lishi kerak.6.
Yoritgichlarni tekshiring, ksenon va led chiroqlarni noqonuniy o‘rnatmang. O‘zbekistonda buning uchun jarima bor.Foydali maslahatlar
Agar qishda mashina yuvsangiz, eshiklar orasi va rezinalarni quriganicha aritish kerak. Chunki ertalabgacha muzlab yopishi qolishi mumkin. Agar eshik muzlab qolgan bo‘lsa, uni kuch bilan tortib ochishga harakat qilmang, mushtingiz bilan uning chekkasiga bir necha joyiga uring. Keyin oching.
Tungi sovuqda mashinani issiq holda qoldirmang, avval eshiklarni ochib bir necha daqiqa mashina salonini sovuting, keyin qulflab keting. O‘shanda ertalab oynalar usti muz bilan qoplanmaydi.
Mashina oynalari harakat vaqtida ichidan terlamasligi uchun, pechkani yoqib issiq havoni old oynaga yo‘naltiring.
Mashina qulfi muzlab qolmasligi uchun silikon moy bilan ishlov bering.
Qishda kerak bo‘luvchi buyumlar:
Qor va muzdan tozalash uchun cho‘tka va qirg‘ich
Kichik belkurak
O‘t oldirish simi
Tortish uchun arqon
Yoqilg‘i zaxirasi
Qo‘lqop va fonar
Avtomobilingizga jiddiy e’tibor berish va nafaqat yo‘lda noxush vaziyatlarga tushib qolmaslik, balki avtomobil qishda muammosiz ishlashiga ham yordam beradi.