«Omadli jentlmenlar” izidan
Rejisser Aleksandr Seriyning aksariyatga yaxshi tanish bo‘lgan «Omadli jentlmenlar” filmi ekranlarga chiqqaniga 13-dekabr kuni 50-yil to‘ldi. Tomoshabinlar ushbu filmni ilk bor 1971-yilning dekabr oyida tomosha qilishgan edi.

Kartina yubileyi munosabati bilan Sputnik muxbiri O‘zbekistonda ushbu detektiv-komediya suratga olingan manzillarda — Samarqand shahri va Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi.
Chapdagi surat: Qamohona sahnalari suratga olingan Kattaqo‘rg‘on tergov izoliyatorida bo‘lib ushbu joylar bugun qanday ko‘rinishga ega ekanini suratga oldi.
O‘ngdagi surat: Dotsent «Aptingni yoraman, ko‘zingni o‘yib olaman!» deb baqirgan kamera.
Qamoqxonadan qochish sahnasi hozirgi Kimogarlar (sobiq Superfosfatniy) posolkasida, o‘sha yerdagi kimyo zavodi hududida suratga olingan. Hozir eski korxonadan deyarli hech narsa qolmagan. Faqat ayrim obyektlar.
Qochoqlar sportchilar kiyimi kiyib 1404-yilda qurilgan «Go‘r-Amir” maqbarasi yonidan yugurib o‘tishmoqda.
Chapdagi surat: Notanish shaharga kelib qolgan Leonov personaji mahalliy bolakaydan bu yer qaysi shahar deb so‘raydi. Ushbu sahna Ruhobod maqbarasi yonidan olingan.
O‘ngdagi surat: Maqbara 1380-yilda shayx Burxoniddin Sagaradj sharafiga qurilgan.
50 yil oldin kattaqo‘rg‘ondagi tergov izoliyatori chap tomondagi suratda aks etgan. Hozir ushbu bino tanib bo‘lmas darajada yangilangan.
1972 yilda ushbu sovet kinematografining yetakchisiga aylandi. Uni 65,2 million kishi tomosha qildi. «Omadli jentlmenlar” hozirga qadar ko‘pchillikning sevimli filmi bo‘lib qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0