Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Kiyev va Odessadagi nishonlarga zarba berdi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishRaschet drona-perexvatchika "Yolka" na Dobropolskom napravlenii SVO
Raschet drona-perexvatchika Yolka na Dobropolskom napravlenii SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Havo mudofaa kuchlari o‘tgan tunda Ukrainaning eng yirik hujumlardan birini qaytardi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari o‘tgan tunda Ukrainaning Kiyev, Odessa, Dnepropetrovsk viloyatlarida joylashgan energetika, logistika infratuzilmasi hamda harbiy sanoat obyektlariga zarba berdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida berilgan zarbalar natijasida quyidagilar zarar ko‘rdi:
Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan Kiyev viloyatining Belaya Serkov shahridagi "Zarechye" 110 kVli elektr podstansiyasi;
Ukraina Qurolli Kuchlari uchun yoqilg‘i saqlaydigan Odessa viloyatining Kiliya shahridagi yoqilg‘i omobori;
Dnepropetrovsk viloyatining Sinelnikov, Jitomir viloyatining Korosten va Xarkov viloyatining Lyubotin shaharlarida qurol va harbiy texnika tashish uchun ishlatiladigan to‘rtta temir yo‘l lokomotivi;
Odessaning janubidagi Qora dengizda Ukrainaga harbiy yuklarni yetkazib beruvchi quruq yuk kemasi.
Shuningdek, Havo mudofaa kuchlari o‘tgan tunda Rossiyaning G‘arbiy va Janubiy hududlari hamda Qora dengiz ustida 1246 ta uchuvchisiz apparatlarini urib tushirdi. Bu so‘nggi vaqtlarda Ukraina tomonidan amalga oshirilgan eng yirik hujumlardan biri bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0