https://oz.sputniknews.uz/20261128/ozbekistonning-kosmonavtika-sohasida-salohiyati-qanday-fazogir-bilan-intervyu-62363469.html
O‘zbekistonning kosmonavtikada salohiyati qanday — fazogir bilan intervyu
O‘zbekistonning kosmonavtikada salohiyati qanday — fazogir bilan intervyu
Sputnik O‘zbekiston
Fazogirlar qanday va qayerda tayyorlanadi, orbitada romantika bormi — ushbu va boshqa ko‘plab savollarga javoblar. 28.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-28T14:53+0500
2026-11-28T14:53+0500
2026-11-28T14:55+0500
video
kosmos
o‘zbekkosmos
quyosh, oy, kosmos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1c/62363655_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_1349c7efdb912e466add3bba7e7cb23d.png
Har bir kosmik parvoz ortida yillik tayyorgarliklar, o‘nlab imtihonlar va ekipaj hatto eng murakkab hamda xavfli vaziyatlarda ham harakat qilishni o‘rganadigan mashg‘ulotlar turadi. Kosmonavtika faqat yulduzli osmon romantikasidan iborat bo‘lmay qolganiga ancha bo‘ldi: bugungi kunda u ilm-fan, aloqa va hayotning boshqa ko‘plab jabhalari rivojiga ta’sir ko‘rsatadigan yuqori texnologiyali sohadir.Sinovchi-fazogir, Kosmonavtlarni tayyorlash markazi boshlig‘ining fan va rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari, texnika fanlari nomzodi Andrey Babkinning so‘zlariga ko‘ra, kosmonavt deganda koinotda bo‘lib qaytgan insonni tushunish haqidagi keng tarqalgan tasavvur unchalik to‘g‘ri emas.“Kosmonavt — juda qat’iy tartib-qoidalar bilan belgilanadigan kasb. Va bu mehnat daftarchasiga qayd etiladigan yerdagi kasbdir”, — deydi u.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maxsus ta’lim, qat’iy saralash va ko‘p bosqichli tayyorgarlikni talab etadigan to‘laqonli kasbdir. Behisob imtihon va sinovlarni topshirgandan so‘ng nomzodga sinovchi-kosmonavt malakasi beriladi, so‘ng guruh va ekipaj tarkibida o‘qish boshlanadi.“Mana shularning barchasi, aslida, kosmik parvozning o‘zginasidir, faqat Yerda. U bir necha barobar murakkabroq, chunki bu yerda barcha variantlar, jumladan, kosmosda ekipajning halokatiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘lim holatlari ham mashq qilinadi”, — deya tushuntiradi Babkin.Kosmonavtning mashg‘ulotlari haqiqiy sharoitlarga imkon qadar yaqinlashtirilgan. Buning uchun kemalarning tuzilishini, o‘ta kuchli yuklamani, orbitaga chiqish jarayonini va stansiya tomon parvozni aynan yaratib beruvchi maxsus trenajorlardan foydalaniladi. Ochiq kosmosga chiqish tayyorgarligiga esa alohida e’tibor qaratiladi.Shu bilan birga, Andrey Babkinning ta’kidlashicha, kosmonavt nafaqat o‘zining asosiy sohasida mutaxassis bo‘lishi, balki bir vaqtning o‘zida ko‘plab yondosh kasblar bo‘yicha ham bilimga ega bo‘lishi kerak.“Yerdagi bir necha yillik tayyorgarlik davomida oddiy muhandis bo‘la turib, g‘avvos, uchuvchi, shifokor, biolog, shuningdek, astronomiya va astrofizika kabi boshqa sohalardagi olim sifatida qo‘shimcha ta’lim oladi. Barchasi aynan kosmik parvozingiz davomida qanday tajribalar o‘tkazilishiga bog‘liq bo‘lib, aynan shu jihatlarni o‘rganasiz. Ya’ni, kosmonavt – bu keng qamrovli mutaxassis bo‘lib, zarurat tug‘ilganda ekipajdagi hamkasbining o‘rnini bosishi va uning vazifasini bajara olishi kerak”, — deya qo‘shimcha qiladi u.Ammo, qat’iy talablar va tayyorgarlik jarayonining murakkabligiga qaramay, bu kasbni romantikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Babkinning fikricha, aynan ichki qiziqish va yangi kashfiyotlarga bo‘lgan intilish insonga qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi.“Bu, avvalo, Yer bag‘ridan chiqish, tafakkur ufqlarini kengaytirish va insoniyatni yangi marralarga olib chiqish imkoniyatidir”, — deydi u va kosmonavtika nafaqat texnologiyalarni harakatga keltirishni, balki insonning ruhiy va ma’naviy yuksalishiga ham xizmat qilishini qo‘shimcha qiladi.Andrey Babkinning o‘zi bolaligidanoq koinotga qiziqqan. Uning yulduzli osmonga bo‘lgan ishtiyoqi asta-sekin astronomiyaga qiziqishga aylanib, keyinchalik kasbiy yo‘lini belgilab berdi. U Moskva aviatsiya institutini tamomlagach, S. P. Korolov nomidagi Raketa-kosmik korporatsiyasida ishlab, muhandislikdan yetakchi ilmiy xodim darajasigacha ko‘tarildi. 2010-yilda Babkin kosmonavtlar otradiga saralab olindi, bir nechta otradlar birlashtirilgach esa “Roskosmos” otradi tarkibiga kirdi. Ko‘p yillik tayyorgarlik va bir qator ekipajlar tarkibida bo‘lganiga qaramay, u hozircha fazoga parvoz qilishga muvaffaq bo‘lmadi. Ayrim sabablarga ko‘ra, u ekipajlar tarkibini tark etishga majbur bo‘lgan.“Rossiya orbital stansiyasiga, balki undan ham uzoqroqqa parvoz qilish bilan bog‘liq rejalarim bor”,– deydi Babkin.Kosmonavt bo‘lajak nomzodlarga imkon qadar puxta bilim olishni, o‘z yo‘nalishini topishni va qalb amriga quloq tutishni maslahat berdi. Uning fikricha, koinot shunchaki moda bo‘lgan orzu emas, balki chinakam hayotiy maslak bo‘lmog‘i lozim.Andrey Babkin O‘zbekistonning kosmonavtika sohasidagi ishtiroki istiqbollariga alohida to‘xtalib o‘tdi. U o‘zbekistonlik mutaxassisning Kosmonavtlarni tayyorlash markazida mashg‘ulotlar o‘tashi rejalari va ehtimoliy kelishuv haqida eshitganini ma’lum qildi.Bunday dasturlarning ahamiyati haqida gapirar ekan, kosmonavt sovet davridagi “Interkosmos” dasturi doirasida olib borilgan xalqaro hamkorlikning tarixiy tajribasini eslatib o‘tdi. Ushbu dastur turli mamlakatlar vakillariga orbitaga chiqish imkonini berdi, shuningdek, milliy kosmik yo‘nalishlarning rivojlanishiga xizmat qildi.Babkinning fikricha, har bir davlatda bu jarayonga qo‘shilish imkoniyati bor. Xususan, u O‘zbekistonning ilmiy merosiga e’tibor qaratib, yulduzli osmonni o‘rgangan va olam tuzilishiga oid fundamental savollarga javob topishga intilgan Ulug‘bekni yodga oldi.“Hozir esa yangi texnologik burilish davri boshlanishi mumkin”, — deya xulosa qildi Babkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1c/62363655_480:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_4a8de4ad78d8ba9ccf831f81985c92c9.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, kosmos, o‘zbekkosmos, quyosh, oy, kosmos, video
video, kosmos, o‘zbekkosmos, quyosh, oy, kosmos, video
O‘zbekistonning kosmonavtikada salohiyati qanday — fazogir bilan intervyu
14:53 28.11.2026 (yangilandi: 14:55 28.11.2026) Fazogirlar qanday va qayerda tayyorlanadi, orbitada romantika bormi — ushbu va boshqa ko‘plab savollarga javoblar.
Har bir kosmik parvoz ortida yillik tayyorgarliklar, o‘nlab imtihonlar va ekipaj hatto eng murakkab hamda xavfli vaziyatlarda ham harakat qilishni o‘rganadigan mashg‘ulotlar turadi. Kosmonavtika faqat yulduzli osmon romantikasidan iborat bo‘lmay qolganiga ancha bo‘ldi: bugungi kunda u ilm-fan, aloqa va hayotning boshqa ko‘plab jabhalari rivojiga ta’sir ko‘rsatadigan yuqori texnologiyali sohadir.
Sinovchi-fazogir, Kosmonavtlarni tayyorlash markazi boshlig‘ining fan va rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari, texnika fanlari nomzodi Andrey Babkinning so‘zlariga ko‘ra, kosmonavt deganda koinotda bo‘lib qaytgan insonni tushunish haqidagi keng tarqalgan tasavvur unchalik to‘g‘ri emas.
“Kosmonavt — juda qat’iy tartib-qoidalar bilan belgilanadigan kasb. Va bu mehnat daftarchasiga qayd etiladigan yerdagi kasbdir”, — deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maxsus ta’lim, qat’iy saralash va ko‘p bosqichli tayyorgarlikni talab etadigan to‘laqonli kasbdir. Behisob imtihon va sinovlarni topshirgandan so‘ng nomzodga sinovchi-kosmonavt malakasi beriladi, so‘ng guruh va ekipaj tarkibida o‘qish boshlanadi.
“Mana shularning barchasi, aslida, kosmik parvozning o‘zginasidir, faqat Yerda. U bir necha barobar murakkabroq, chunki bu yerda barcha variantlar, jumladan, kosmosda ekipajning halokatiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘lim holatlari ham mashq qilinadi”, — deya tushuntiradi Babkin.
Kosmonavtning mashg‘ulotlari haqiqiy sharoitlarga imkon qadar yaqinlashtirilgan. Buning uchun kemalarning tuzilishini, o‘ta kuchli yuklamani, orbitaga chiqish jarayonini va stansiya tomon parvozni aynan yaratib beruvchi maxsus trenajorlardan foydalaniladi. Ochiq kosmosga chiqish tayyorgarligiga esa alohida e’tibor qaratiladi.
Shu bilan birga, Andrey Babkinning ta’kidlashicha, kosmonavt nafaqat o‘zining asosiy sohasida mutaxassis bo‘lishi, balki bir vaqtning o‘zida ko‘plab yondosh kasblar bo‘yicha ham bilimga ega bo‘lishi kerak.
“Yerdagi bir necha yillik tayyorgarlik davomida oddiy muhandis bo‘la turib, g‘avvos, uchuvchi, shifokor, biolog, shuningdek, astronomiya va astrofizika kabi boshqa sohalardagi olim sifatida qo‘shimcha ta’lim oladi. Barchasi aynan kosmik parvozingiz davomida qanday tajribalar o‘tkazilishiga bog‘liq bo‘lib, aynan shu jihatlarni o‘rganasiz. Ya’ni, kosmonavt – bu keng qamrovli mutaxassis bo‘lib, zarurat tug‘ilganda ekipajdagi hamkasbining o‘rnini bosishi va uning vazifasini bajara olishi kerak”, — deya qo‘shimcha qiladi u.
Ammo, qat’iy talablar va tayyorgarlik jarayonining murakkabligiga qaramay, bu kasbni romantikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Babkinning fikricha, aynan ichki qiziqish va yangi kashfiyotlarga bo‘lgan intilish insonga qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi.
“Bu, avvalo, Yer bag‘ridan chiqish, tafakkur ufqlarini kengaytirish va insoniyatni yangi marralarga olib chiqish imkoniyatidir”, — deydi u va kosmonavtika nafaqat texnologiyalarni harakatga keltirishni, balki insonning ruhiy va ma’naviy yuksalishiga ham xizmat qilishini qo‘shimcha qiladi.
Andrey Babkinning o‘zi bolaligidanoq koinotga qiziqqan. Uning yulduzli osmonga bo‘lgan ishtiyoqi asta-sekin astronomiyaga qiziqishga aylanib, keyinchalik kasbiy yo‘lini belgilab berdi. U Moskva aviatsiya institutini tamomlagach, S. P. Korolov nomidagi Raketa-kosmik korporatsiyasida ishlab, muhandislikdan yetakchi ilmiy xodim darajasigacha ko‘tarildi. 2010-yilda Babkin kosmonavtlar otradiga saralab olindi, bir nechta otradlar birlashtirilgach esa “Roskosmos” otradi tarkibiga kirdi. Ko‘p yillik tayyorgarlik va bir qator ekipajlar tarkibida bo‘lganiga qaramay, u hozircha fazoga parvoz qilishga muvaffaq bo‘lmadi. Ayrim sabablarga ko‘ra, u ekipajlar tarkibini tark etishga majbur bo‘lgan.
“Rossiya orbital stansiyasiga, balki undan ham uzoqroqqa parvoz qilish bilan bog‘liq rejalarim bor”,– deydi Babkin.
Kosmonavt bo‘lajak nomzodlarga imkon qadar puxta bilim olishni, o‘z yo‘nalishini topishni va qalb amriga quloq tutishni maslahat berdi. Uning fikricha, koinot shunchaki moda bo‘lgan orzu emas, balki chinakam hayotiy maslak bo‘lmog‘i lozim.
Andrey Babkin O‘zbekistonning kosmonavtika sohasidagi ishtiroki istiqbollariga alohida to‘xtalib o‘tdi. U o‘zbekistonlik mutaxassisning Kosmonavtlarni tayyorlash markazida mashg‘ulotlar o‘tashi rejalari va ehtimoliy kelishuv haqida eshitganini ma’lum qildi.
Bunday dasturlarning ahamiyati haqida gapirar ekan, kosmonavt sovet davridagi “Interkosmos” dasturi doirasida olib borilgan xalqaro hamkorlikning tarixiy tajribasini eslatib o‘tdi. Ushbu dastur turli mamlakatlar vakillariga orbitaga chiqish imkonini berdi, shuningdek, milliy kosmik yo‘nalishlarning rivojlanishiga xizmat qildi.
Babkinning fikricha, har bir davlatda bu jarayonga qo‘shilish imkoniyati bor. Xususan, u O‘zbekistonning ilmiy merosiga e’tibor qaratib, yulduzli osmonni o‘rgangan va olam tuzilishiga oid fundamental savollarga javob topishga intilgan Ulug‘bekni yodga oldi.
“Hozir esa yangi texnologik burilish davri boshlanishi mumkin”, — deya xulosa qildi Babkin.