Qahramonlar oramizda: Toshkentda “Inson faxri” mukofoti topshirildi – video, foto

Obuna bo‘lish
Mukofot sovrindorlari orasida shifokorlar, pedagoglar, qutqaruvchilar, ko‘ngillilar, mahalla jamoalari va jamoat tashabbuslari vakillari bor.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Toshkentda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan “Inson faxri” milliy mukofotini topshirishning ikkinchi tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu galgi marosimda mukofot 10 ta nominatsiyasi bo‘yicha berildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Mazkur mukofot mehr-shafqat, jasorat, fidoyilik va faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan fuqarolarni e’tirof etish maqsadida beriladi.

“Bu milliy mukofotning asosiy maqsadi va uning g‘oyasi ham shuki, ya’ni uning negizida bevosita mehr, oqibat, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, qiyin vaziyatlarda bir-biriga yordam berib turadi. Va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ta’sir etilgan mana shu milliy mukofot bu yil davlat maqomiga ega bo‘ldi”, - deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot kotibi Dilafro‘zbegim Ro‘zmetova.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashev “Yil shifokori” nominatsiyasida “Inson faxri” milliy mukofoti bilan taqdirlandi.
2022 yilda u muddatidan oldin tug‘ilgan siam chaqaloqlarni ajratish bo‘yicha besh soat davom etgan murakkab jarrohlik amaliyotiga rahbarlik qilgan.

"Ushbu operatsiya bolalar tug‘ilganidan to‘qqiz soat o‘tgach, shoshilinch tarzda amalga oshirilgan va besh soat davom etgan. Bu operatsiya dunyo tibbiyoti tarixiga muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda shoshilinch tarzda o‘tkazilgan ilk muvaffaqiyatli operatsiya sifatida kirdi. Bu operatsiya aynan O‘zbekistonda o‘tkazilgani men uchun alohida faxr", — deydi Baxtiyor Ergashev.

Mukofotning "Umr ishi" nominatsiyasi bo‘yicha sovrini bu yil qoraqalpog‘istonlik Gulnora Yembergenovaga topshirildi. Yembergenova 25-yildan ortiq vaqtdan beri Qoraqalpog‘istonning yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan milliy hunarmandchiligini qayta tiklab kelmoqda.
Orol fojiasidan so‘ng u "Orolning oltin merosi" birlashmasini tuzib, Mo‘ynoq va Orolbo‘yi ayollariga kashtachilik, gilamdo‘zlik va milliy kiyim tikishni bepul o‘rgatmoqda. Yuzlab ayollar kasb egalladi, uning shogirdlari esa "ustoz — shogird" tamoyili asosida o‘zlari ham ustozga aylanmoqda.
"Men bugun juda baxtliman. Sevgan ishim bilan shug‘ullangan bo‘lsam-da, bunga shunchalik e’tibor qaratishgani meni juda ta’sirlantirdi. Men kashtachiligimizni faqat muzeyda ko‘rgandim, o‘shanda bir o‘y xayolimdan o‘tgan edi. Nega kundalik hayotimizda undan undan foydalanilmaydi? Asrlar davomida muzeyda saqlanib kelayotgan narsa nega bugun ishlatilmayapti deb hayron bo‘lgandim. Keyinchalik bu hunar unchalik murakkab emasligini bilib, Mo‘ynoqda yashaydigan ayollarni ushbu hunarga o‘rgatishga harakat qildim. Qizlar jon-dildan kashta tika boshlashdi. Bu buyumlar bilan Olmaotaga, Bishkekka bordik, keyin men o‘zim ularni hatto Nyu-Yorkkacha olib bordim. Agar chin dildan xohlasa, hamma narsani shunday go‘zal yakunga yetkazish mumkin deb o‘ylayman", - dedi Yembergenova Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Tadbirda Milliy mukofotning "Jasoratning yorqin namunasi" nominatsiyasi Maxsus qutqaruv bataloni guruh komandiri, 33 yoshli kapitan Boburmirzo Pardayevga topshirildi.
Pardayev 2026-yil 15-avgust kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi turar joyda sodir bo‘lgan yong‘inda yetti nafar insonni qutqarib, bino ichida ishlashda davom etgan edi. Biroq shu payt tom kutilmaganda qulab tushdi. Boburmirzo voqea joyida halok bo‘ldi, u qutqargan yetti inson esa omon qoldi.
Shuningdek, joriy yildagi "Inson faxri" milliy mukofotining "Xalq qahramoni" nominatsiyasi bo‘yicha mukofot 22-son Mehribonlik uyining futbol jamoasiga topshirildi.
Mazkur jamoa 2026-yilda bolalar uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Dunyoning 35 ta jamoasi unvon uchun kurashgan Varshavadagi musobaqada yigitlar yettita uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi.
Marosimda “Birdamlik kuchi” nominatsiyasi Sayxunobod tumanidagi Olg‘abos mahallasiga, “Yurt faxri” nominatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markaziga, “Betakror rekord” nominatsiyasi 30-yil maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan 80 yoshli Soniya Hasanovaga, “Oila tarixi” nominatsiyasi Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi Azizbek Gadoyevga berildi. Gadoyevlar oilasi 2021-yildan buyon o‘n nafar bolani — ikki nafar o‘z farzandi va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan sakkiz nafar bolani tarbiyalamoqda.
“Iroda kuchi” nominatsiyasi Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi, nogironlik aravachasida harakatlanadigan matematika o‘qituvchisi Doniyor G‘aybullayevga berildi. U 2018-yilda u kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun uyida bepul matematika to‘garagini ochdi, 2025-yilda esa bu to‘garak 100 nafarga yaqin o‘quvchi bepul tahsil olayotgan ta’lim markaziga aylandi. Uning shogirdlari bugun xalqaro olimpiadalarda oltin medallarni qo‘lga kiritmoqda.
Mukofotning “Mehr-shafqat yo‘li” nominatsiyasi esa "Zamin" jamg‘armasi tomonidan uzoq muddat davolanayotgan, jumladan, onkologik kasallikka chalingan bolalar uchun yaratilgan O‘zbekistondagi ilk gospital pedagogika loyihasi "Mehrli maktab"ga berildi. Bu yerda bolalar o‘qishni davom ettiradi, ijod bilan shug‘ullanadi va psixologik yordam oladi.
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz

V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
1/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz

V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
2/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz

V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
3/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz

V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
4/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz

V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
5/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz

V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
6/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz

V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
7/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz

V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
8/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz

V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
9/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz

V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
10/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz
V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
11/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz
V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
12/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz
V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
13/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz
V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
14/15
© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti RUz
V Tashkente proshla II torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy premii Inson faxri - Sputnik O‘zbekiston
15/15
Yangiliklar lentasi
0