Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Politico: YeI va AQSh o‘rtasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishmovchiliklar kuchayapti

© Sputnik / Aleksey VitviskiyFlagi SShA i YeS, arxivnoe foto
Flagi SShA i YeS, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2026
Obuna bo‘lish
Amerika yetakchisi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun “milliardlab dollarlar behuda” sarflanayotgani haqida fikrini YeI e’tiborsiz qoldirgan.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. AQSh va Yevropa Ittifoqining Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga turlicha yondashuvi Vashington va Bryussel pozitsiyalari o‘rtasidagi “o‘sib borayotgan jarlik”dan dalolat beradi. Bu haqda Yevropaning “Politico” nashri manbalariga tayangan holda xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 19-noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon muloqoti chog‘ida Amerika yetakchisi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun “milliardlab dollarlar behuda” sarflanayotgani haqida fikr bildirgan.
Biroq, gazetaning yozishicha, bunga Kiyevga qo‘shimcha moliyaviy yordam ajratishni ko‘rib chiqayotgan Yevropa Ittifoqi rahbarlari “deyarli quloq solmagan”.
Bundan tashqari, nashrning ta’kidlashicha, transmilliy kompaniyalarga raqamli soliq solish masalasida qarama-qarshilik kuchaymoqda, bu esa AQSh bilan ziddiyatga olib keladi.
Shu bilan birga, ba’zi mamlakatlar, jumladan, Shvetsiya bu soliqqa qarshi. AQSh Davlat departamenti vakili bu choralar “Amerika kompaniyalarini kamsitishi va iste’molchilarga zarar yetkazishini” bildirgan.
Moskva G‘arbning Ukraina rejimiga qurol yetkazib berishi mojaroni cho‘zishini bir necha bor ta’kidlagan va qurol ortilgan har qanday transport Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishidan ogohlantirgan.
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
WP: Tramp yevropaliklarni Kiyevga homiylik qilishni bas qilishga chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0