https://oz.sputniknews.uz/20261127/aviakompaniyalar-imtiyoz-engilliklar-62338184.html
Aviakompaniyalar uchun qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar beriladi – tafsilotlar
Aviakompaniyalar uchun qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar beriladi – tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Havo kemalari, dvigatellar va agregatlar ijarasiga QQSning nol stavkasi qo‘llaniladi, ehtiyot qismlar uchun boj imtiyozi 2040-yilgacha uzaytiriladi. 27.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-27T13:32+0500
2026-11-27T13:32+0500
2026-11-27T13:32+0500
iqtisod
o‘zbekiston
imtiyoz
aviatashuvchi
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/12/48471357_0:63:1281:783_1920x0_80_0_0_139748ca62e60c4e25a84a7aa03d89f8.jpg
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rezident aviakompaniyalar uchun qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar joriy etilishini aytdi.Xususan:Prezident mutasaddilarga rezident aviakompaniyalarga ehtiyot qismlar importi bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini bir kunda qaytarish tizimini yo‘lga qo‘yishni topshirdi.Mahalliy uchuvchilarni tayyorlash va ishga olish majburiyatini olgan aviakompaniyalar uchun alohida yengilliklar beriladi.Ular jalb qilgan xorijlik mutaxassislarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi. Bunday mutaxassislarga ruxsatnoma berish uchun yig‘im miqdori 30 barobar kamaytiriladi.Yaratilayotgan sharoitlar hisobiga havo kemalarining sonini kelgusi yilda 150 taga, 2030-yilga qadar kamida 250 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi.Xalqaro aeroportlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida ular 2030-yilgacha mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etiladi. Bunda tejalgan mablag‘larni aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirish shart bo‘ladi.Mirziyoyev O‘zbekiston xalqaro fuqaro aviatsiyasi universitetini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.Buning uchun Yangi Toshkent hududidan 20 gektar yer ajratiladi. Universitet hududida zamonaviy kampus, o‘quv-simulyatsiya va ilmiy-tadqiqot markazlari joylashadi.Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda mamlakatda 11 ta xalqaro aeroport zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilindi. Mo‘ynoq, Qo‘qon, Zomin, Arnasoy, Shahrisabz, Sariosiyo va So‘xdagi aeroportlar tiklanib, aeroportlar soni 18 taga yetdi. Urganch, Samarqand, Buxoro va Namangan aeroportlari xususiy sheriklik asosida investorlarga ishonchli boshqaruvga berildi.Joriy yilda aviatsiya orqali yo‘lovchi tashish hajmi 17 million nafarni tashkil etadi, yaqin yillarda mazkur ko‘rsatkichni 25 million nafarga yetkazish maqsad qilingan.Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Janubiy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikda 1 ming 300 gektar maydonda yangi xalqaro aeroport barpo etilmoqda.Ushbu aeroportga tutash 800 gektar maydonda 5 mlrd dollarlik “Aerocity” loyihasi amalga oshiriladi. Unda logistika va elektron tijorat markazlari, nufuzli brendlar, zamonaviy mehmonxonalar va turar joylarni qamrab olgan yaxlit ekotizim yaratiladi.Mutasaddilarga kelgusi yilning 1-iyuligacha hududning master-rejasini yakunlab, mahalliy va xorijlik investorlarga taqdim etish topshirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20261127/yuk-vagonlar-62337867.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/12/48471357_76:0:1203:845_1920x0_80_0_0_ba9897363b6b498d0aa9800e9cd83a0b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, imtiyoz, aviatashuvchi, shavkat mirziyoyev
iqtisod, o‘zbekiston, imtiyoz, aviatashuvchi, shavkat mirziyoyev
Aviakompaniyalar uchun qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar beriladi – tafsilotlar
Havo kemalari, dvigatellar va agregatlar ijarasiga QQSning nol stavkasi qo‘llaniladi, ehtiyot qismlar uchun boj imtiyozi 2040-yilgacha uzaytiriladi.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rezident aviakompaniyalar uchun qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar joriy etilishini aytdi.
kelgusi yildan aviayoqilg‘i narxi jahondagi o‘rtacha narxga bog‘langan holda shakllantiriladi;
aviayoqilg‘i aksiz solig‘idan ozod etilib, qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi qo‘llaniladi;
ehtiyot qismlar uchun bojxona boji bo‘yicha imtiyoz 2040-yilgacha uzaytiriladi;
havo kemalari, dvigatellar va agregatlar ijarasiga ham qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi tatbiq etiladi.
Prezident mutasaddilarga rezident aviakompaniyalarga ehtiyot qismlar importi bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini bir kunda qaytarish tizimini yo‘lga qo‘yishni topshirdi.
Mahalliy uchuvchilarni tayyorlash va ishga olish majburiyatini olgan aviakompaniyalar uchun alohida yengilliklar beriladi.
Ular jalb qilgan xorijlik mutaxassislarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi. Bunday mutaxassislarga ruxsatnoma berish uchun yig‘im miqdori 30 barobar kamaytiriladi.
Yaratilayotgan sharoitlar hisobiga havo kemalarining sonini kelgusi yilda 150 taga, 2030-yilga qadar kamida 250 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Xalqaro aeroportlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida ular 2030-yilgacha mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etiladi. Bunda tejalgan mablag‘larni aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirish shart bo‘ladi.
Mirziyoyev O‘zbekiston xalqaro fuqaro aviatsiyasi universitetini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Buning uchun Yangi Toshkent hududidan 20 gektar yer ajratiladi. Universitet hududida zamonaviy kampus, o‘quv-simulyatsiya va ilmiy-tadqiqot markazlari joylashadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda mamlakatda 11 ta xalqaro aeroport zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilindi. Mo‘ynoq, Qo‘qon, Zomin, Arnasoy, Shahrisabz, Sariosiyo va So‘xdagi aeroportlar tiklanib, aeroportlar soni 18 taga yetdi. Urganch, Samarqand, Buxoro va Namangan aeroportlari xususiy sheriklik asosida investorlarga ishonchli boshqaruvga berildi.
Joriy yilda aviatsiya orqali yo‘lovchi tashish hajmi 17 million nafarni tashkil etadi, yaqin yillarda mazkur ko‘rsatkichni 25 million nafarga yetkazish maqsad qilingan.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Janubiy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikda 1 ming 300 gektar maydonda yangi xalqaro aeroport barpo etilmoqda.
Ushbu aeroportga tutash 800 gektar maydonda 5 mlrd dollarlik “Aerocity” loyihasi amalga oshiriladi. Unda logistika va elektron tijorat markazlari, nufuzli brendlar, zamonaviy mehmonxonalar va turar joylarni qamrab olgan yaxlit ekotizim yaratiladi.
Mutasaddilarga kelgusi yilning 1-iyuligacha hududning master-rejasini yakunlab, mahalliy va xorijlik investorlarga taqdim etish topshirildi.