O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyot sohasida 500 mingdan ortiq kishi band bo‘lishi kutilmoqda

Syemka  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2026
Obuna bo‘lish
Kino, musiqa, dizayn kabi ijodiy sohalarni qamrab oluvchi kreativ iqtisodiyot hajmini 12 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilga borib kreativ iqtisodiyot hajmini 12 mlrd dollarga yetkazish va sohada 500 mingdan ortiq kishining bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Bu haqda adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqandda o‘tkazilayotgan intellektual mulk bo‘yicha hududlararo forumda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2030-yilga borib kreativ iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 5 foizga, soha eksportini esa 1 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Vazirning ta’kidlashicha, 2025-yil yakunida O‘zbekiston tijorat korxonalari nomoddiy aktivlarining qoldiq qiymati 6 mlrd dollardan oshgan.
Ular qatoriga tovar belgilari, patentlar, litsenziyalar, mualliflik huquqlari va dasturiy ta’minot kiradi.
Bunda statistika ma’lumotlari kichik korxonalar va mikrofirmalarni qamrab olmagan.
Shuningdek, O‘zbekistonda 2027–2030 yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqilmoqda.
Toshqulovning so‘zlariga ko‘ra, intellektual mulk idoralari intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va huquqiy himoya qilish bilan cheklanmasdan, undan samarali iqtisodiy foydalanishga o‘tishi kerak.
Patentlar, texnologiyalar va tovar belgilari biznesda foydalanish, litsenziyalash, tijorat bitimlarini tuzish hamda investitsiyalarni jalb qilish vositasiga aylanishi lozim.
Yangi strategiya innovatsiyalarni rivojlantirish, texnologiyalarni tijoratlashtirish, intellektual aktivlarni boshqarish, davlat boshqaruvini raqamlashtirish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, hududiy brendlarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni qamrab oladi.
Simvoliku kino (kamera, xlopushka, syomki) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
Kino, dizayn va san’at orqali daromad: kreativ iqtisodiyot 145 trln so‘mga yetkaziladi
Yangiliklar lentasi
0