https://oz.sputniknews.uz/20261126/uzbekistan-gidroenergetika-loyihalar-62320688.html
O‘zbekiston gidroenergetikasi: yangi GESlar, noyob texnologiyalar va istiqbolli loyihalar
O‘zbekiston gidroenergetikasi: yangi GESlar, noyob texnologiyalar va istiqbolli loyihalar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda gidroenergetika quvvatlarini 2032-yilgacha 6 GVtga yetkazish rejalashtirilgan. Yangi GESlar, noyob muhandislik yechimlari, mahalliy uskunalar ishlab chiqarish va Rossiya bilan hamkorlik haqida — Sputnik videosida.
2026-11-26T17:20+0500
2026-11-26T17:20+0500
2026-11-26T17:20+0500
matbuot markazi
ges
ges qurilishi
“o‘zbekgidroenergo” aj
energetika
rossiya
elektr energiyasi
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1a/62324273_0:0:3639:2047_1920x0_80_0_0_060d7149d75cfd344936f5039ef39aab.jpg
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbekiston gidroenergetikasi jadal rivojlanmoqda: yangi GESlar qurilmoqda, zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda va mahalliy uskunalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda."O‘zbekgidroenergo" AJ Istiqbolli loyihalarni amalga oshirish departamenti boshlig‘i Nodirbek Akchabayev, "Gidroproyekt" AJ direktori o‘rinbosari Aleksandr Baglikov hamda Transformatsiya, yashil iqtisodiyot va ESG tamoyillarini joriy etish ofisi rahbari Pahlavon Nurmatov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida sohadagi yangi loyihalar, mahalliy ishlab chiqarish va xalqaro hamkorlik haqida so‘zlab berdi.Gidroenergetikani rivojlantirish bo‘yicha 2026–2032 yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida umumiy qiymati qariyb 6,7 milliard dollarlik 73 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 2032-yil oxiriga kelib tarmoqning umumiy quvvatini 6 GVtga yetkazish rejalashtirilgan. Jumladan, umumiy quvvati 1,4 GVt bo‘lgan gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari (GAES) quriladi.Yangi stansiyalar qurilishi bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqarish ham rivojlanmoqda. 2024-yilda O‘zbekistonda quvvati 40 MVtgacha bo‘lgan GESlar uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi "O‘zbekgidropower" zavodi ishga tushirildi. Ilk mahalliy uskunalar Namangan viloyatidagi Norin GESlari kaskadida qo‘llanilmoqda. Endilikda korxona Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga uskunalar eksport qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.Yana bir misol — 2026-yilda ishga tushirilgan 90 MVt quvvatga ega Quyi Chotqol GES. Stansiyaning asosiy gidrokuch va elektrotexnika uskunalari Rossiyada ishlab chiqarilgan.Ushbu GES qurilishida Markaziy Osiyo gidroenergetikasi tarixida ilk bor zichlangan betondan foydalanildi. Suv omboridagi suv resurslaridan yanada samarali foydalanish imkonini beruvchi yuvish galereyasi ham stansiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. "O‘zbekgidroenergo" vakillarining ta’kidlashicha, bunday muhandislik yechimlarining Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida hozircha muqobili yo‘q.Batafsil — Sputnik videosida.Matbuot anjumanining to‘liq yozuvini havola orqali tomosha qilish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20261103/ges-elektr-tariflar-61716172.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1a/62324273_455:0:3184:2047_1920x0_80_0_0_6be453647cabbbec2a773cf824568c41.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ges, ges qurilishi, “o‘zbekgidroenergo” aj , energetika, rossiya, elektr energiyasi, video
ges, ges qurilishi, “o‘zbekgidroenergo” aj , energetika, rossiya, elektr energiyasi, video
O‘zbekiston gidroenergetikasi: yangi GESlar, noyob texnologiyalar va istiqbolli loyihalar
Eksklyuziv
O‘zbekistonda 2032-yilgacha gidroenergetika sohasida 6,7 mlrd dollarlik 73 ta loyihani amalga oshirish va quvvatni 6 GVtga yetkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbekiston gidroenergetikasi jadal rivojlanmoqda: yangi GESlar qurilmoqda, zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda va mahalliy uskunalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
"O‘zbekgidroenergo" AJ Istiqbolli loyihalarni amalga oshirish departamenti boshlig‘i Nodirbek Akchabayev, "Gidroproyekt" AJ direktori o‘rinbosari Aleksandr Baglikov hamda Transformatsiya, yashil iqtisodiyot va ESG tamoyillarini joriy etish ofisi rahbari Pahlavon Nurmatov
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida sohadagi yangi loyihalar, mahalliy ishlab chiqarish va xalqaro hamkorlik haqida so‘zlab berdi.
2017 yildan buyon mamlakatda faoliyat yuritayotgan GESlar soni 36 tadan 100 tadan ziyodga ko‘paydi, ularning umumiy quvvati esa qariyb 2,5 GVtga yetdi.
Gidroenergetikani rivojlantirish bo‘yicha 2026–2032 yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida umumiy qiymati qariyb 6,7 milliard dollarlik 73 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 2032-yil oxiriga kelib tarmoqning umumiy quvvatini 6 GVtga yetkazish rejalashtirilgan. Jumladan, umumiy quvvati 1,4 GVt bo‘lgan gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari (GAES) quriladi.
Yangi stansiyalar qurilishi bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqarish ham rivojlanmoqda. 2024-yilda O‘zbekistonda quvvati 40 MVtgacha bo‘lgan GESlar uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi "O‘zbekgidropower" zavodi ishga tushirildi.
Ilk mahalliy uskunalar Namangan viloyatidagi Norin GESlari kaskadida qo‘llanilmoqda. Endilikda korxona Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga uskunalar eksport qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirmoqda. Rossiya kompaniyalari mavjud GESlarni modernizatsiya qilish va yangi stansiyalar qurishda ishtirok etmoqda. Jumladan, modernizatsiya natijasida Chorvoq GESning quvvati 620 MVtdan 666 MVtga oshirildi.
Yana bir misol — 2026-yilda ishga tushirilgan 90 MVt quvvatga ega Quyi Chotqol GES. Stansiyaning asosiy gidrokuch va elektrotexnika uskunalari Rossiyada ishlab chiqarilgan.
Ushbu GES qurilishida Markaziy Osiyo gidroenergetikasi tarixida ilk bor zichlangan betondan foydalanildi. Suv omboridagi suv resurslaridan yanada samarali foydalanish imkonini beruvchi yuvish galereyasi ham stansiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
"O‘zbekgidroenergo" vakillarining ta’kidlashicha, bunday muhandislik yechimlarining Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida hozircha muqobili yo‘q.
Rossiya kompaniyasi quvvati 300 MVt bo‘lgan Aydarko‘l va 500 MVt bo‘lgan Qorateren GTESlarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda ham ishtirok etmoqda. Xojikent va Yuqori Pskom GESlari loyihalari esa xitoylik hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqilmoqda.
Batafsil —
Sputnik videosida.
Matbuot anjumanining to‘liq yozuvini
havola orqali tomosha qilish mumkin.