AQSh MOda Sputnik va boshqa Rossiya OAV ta’sirini kamaytirishga o‘n millionlab dollar ajratgan

© RIA Novosti Mejdunarodnaya mediagruppa "Rossiya segodnya"
Mejdunarodnaya mediagruppa Rossiya segodnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2026
Obuna bo‘lish
USAID Rossiya teledasturlari yuqori sifati tufayli Markaziy Osiyoda ommalashganini ta’kidlab, mintaqa OAV Sputnik va RT materiallaridan G‘arb nashrlariga qaraganda ko‘proq foydalanishini qayd etgan.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Markaziy Osiyo axborot makonida Rossiya ommaviy axborot vositalarining ta’sirini kamaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan. Bu haqda agentlik saytida e’lon qilingan ichki xizmat hujjatlarida so‘z boradi.
2022 yil 7-fevralda USAIDning o‘sha paytdagi rahbari Samanta Pauer uchun tayyorlangan ma’lumotnomada Markaziy Osiyo axborot makonida Rossiya OAVning o‘rni alohida tahlil qilingan.
Hujjatda mintaqa bosma va internet nashrlari AP va Reuters kabi G‘arb axborot agentliklariga qaraganda Sputnik va RT materiallaridan ko‘proq foydalanishi qayd etilgan.
Rossiya OAV mintaqada nega ommalashgan?
USAID mutaxassislari buning bir nechta sababini keltirgan:
Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar;
mintaqa aholisi orasida rus tilining keng tarqalgani;
Rossiya OAV materiallaridan bepul foydalanish imkoniyati;
Rossiya teledasturlarining yuqori sifati va katta auditoriyaga egaligi.
Agentlik Rossiya teledasturlarining sifati AQShning yetakchi OAV mahsulotlaridan qolishmasligini ham qayd etgan.
Rossiya axborot manbalarining mintaqadagi ustun mavqeyini kamaytirish maqsadida USAID mahalliy OAVga G‘arb axborot agentliklari materiallaridan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish va ularni mahalliy tillarga tarjima qilishni taklif etgan.
Mediadasturlarga qancha mablag‘ ajratilgan?
USAID 2017–2023 yillarda Markaziy Osiyoning to‘rtta mamlakatida amalga oshirilgan ikkita yirik mediadastur uchun jami 25,65 mln dollar ajratgan.
Jumladan:
15 mln dollar — 2018–2023 yillarda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonni qamrab olgan MediaCAMP dasturiga;
10,65 mln dollar — 2017–2022 yillarda Qirg‘izistonda amalga oshirilgan Media-K dasturiga.
Dasturlar doirasida mahalliy OAV va kontent yaratuvchilarga moliyaviy hamda texnik yordam ko‘rsatilgan, jurnalistlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan, mediasavodxonlikni oshirish va mahalliy tillarda kontent yaratishga e’tibor qaratilgan.
USAID ushbu dasturlar doirasida Rossiya va Xitoy axborot manbalarining mintaqadagi ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ham moliyalashtirgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil aprel holatiga bevosita shu yo‘nalishga qariyb 3,9 mln dollar ajratilgan.
USAID yana nimalarni rejalashtirgan?
Agentlik mintaqada aholining axborot olish odatlarini o‘rganish, mahalliy tillardagi axborot mahsulotlariga talabni oshirish va jurnalistlarni texnik vositalar bilan ta’minlash imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqqan.
2023 yil oktabridan moliyalashtirish sharti bilan yangi mintaqaviy dasturni boshlash rejalashtirilgan. Unda ijtimoiy tarmoqlardagi blogerlar va kontent yaratuvchilar bilan ishlash, jurnalistlarga grantlar ajratish hamda faktlarni tekshirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni rivojlantirish nazarda tutilgan.
Intervyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2025
AQSh "Ozodlik radiosi"* va "Amerika ovozini"** moliyalashtirishni to‘xtatdi
Yangiliklar lentasi
0