Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Kiyevdagi harbiy sanoat obyektlariga ommaviy zarba berdi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishPusk ballisticheskoy raketi s kompleksa "Iskander-M". Arxivnoe foto
Pusk ballisticheskoy raketi s kompleksa Iskander-M. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2026
Obuna bo‘lish
Tungi zarba natijasida Kiyevda dronlar va ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi ikkita obyekt zararlangani ma’lum qilindi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari bugun tunda Kiyevdagi harbiy-sanoat majmuasi obyektlariga ommaviy zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Zarba yuqori aniqlikdagi yer usti qurollari va zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirildi.
Zarba natijasida quyidagi obyektlar zararlangan:
uzoq va o‘rta masofaga uchuvchi dronlarning jangovar qismlari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi "Ximvolokno" sanoat korxonasi;
"Fayer Poynt" kompaniyasi uchun uzoq va o‘rta masofaga uchuvchi dronlarni ishlab chiqarish, yig‘ish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi "Oaklayn" korxonasi obyekti.
Bundan tashqari, Qora dengiz akvatoriyasida, Odessadan janubi-sharqda Ukrainaga harbiy mol-mulk va ikki maqsadli yuklarni yetkazib berayotgan quruq yuk tashuvchi kemasiga zarba berildi.
Lipeskiy aviatsentr imeni V. P. Chkalova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya ikki kunda Ukraina armiyasi ta’minoti obyektlariga uch marta zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0