Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Go‘sht mahsulotlari markirovkasi va savdoni yengillashtirish: YeIK Kengashi qarorlari

© Press-slujba YeEK V shtab-kvartire YeEK sostoyalos zasedanie Soveta Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii
V shtab-kvartire YeEK sostoyalos zasedanie Soveta Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIda go‘sht mahsulotlarini markirovkalashning yagona qoidalari tasdiqlandi, biznes uchun bojxona tartib-taomillari soddalashtirildi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Kengashi oziq-ovqat mahsulotlari markirovkasi, maishiy kimyo vositalari xavfsizligi va savdoni yengillashtirish bo‘yicha qator qarorlarni qabul qildi. Bu haqda komissiya matbuot xizmati xabar berdi.
25 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston hukumatlari rahbarlarining o‘rinbosarlari hamda YeIK hay’ati raisi ishtirok etdi.
Go‘sht mahsulotlarini markirovkalash
YeIK Kengashi qadoqlangan tayyor go‘sht mahsulotlarini raqamli markirovkalashning yagona qoidalarini tasdiqladi.
Yangi qoidalar kolbasa, tayyor go‘sht mahsulotlari, tuzlangan, quritilgan va dudlangan go‘sht hamda ayrim boshqa mahsulotlarga tatbiq etiladi.
Xaridorlar maxsus kodni skanerlash orqali mahsulot haqida ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi.
YeOIIga a’zo har bir davlat mazkur mahsulotlarni markirovkalashni joriy etish va uning muddatlarini mustaqil belgilaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida aniq ma’lumot
Oziq-ovqat mahsulotlarining markirovkasi bo‘yicha texnik reglamentga o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar mahsulot tarkibida qanday turdagi o‘simlik moylaridan foydalanilganini ko‘rsatishi shart bo‘ladi.
Shuningdek, allergiya keltirib chiqaruvchi moddalar, glyuten va mahsulotning ozuqaviy qiymati haqidagi ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar aniqlashtirildi.
Maishiy kimyo vositalari xavfsizligi
Sintetik yuvish vositalari va maishiy kimyo tovarlari xavfsizligi bo‘yicha yagona texnik reglament qabul qilindi.
Hujjat mahsulotlar xavfsizligi, markirovkasi va belgilangan talablarga muvofiqligini baholashning yagona qoidalarini belgilaydi.
Texnik reglament 2032-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Biznes uchun bojxona tartiblari soddalashtiriladi
Vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun bojxona imtiyozlari kengaytirildi.
Jumladan, ular tovarlarni saralash, qadoqlash va markirovkalash kabi ayrim operatsiyalarni bojxona organlari bilan oldindan kelishmasdan amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu tadbirkorlarning ma’muriy yuklamasi va xarajatlarini kamaytirish, tovarlar harakatini tezlashtirishga qaratilgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash
YeOIIda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan infratuzilma obyektlari bo‘yicha yagona axborot resursi yaratiladi.
Yig‘ilishda, shuningdek, transchegaraviy bozorlarda raqobat, ilmiy-texnikaviy hamkorlik va hamkor mamlakatlar tadbirlarida YeOII davlatlarining birgalikda ishtirok etishini muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Kak sozdayutsya igrushki: fotoreportaj s tashkentskoy fabriki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2026
O‘zbekiston va YeOII
Qalbaki mahsulotlarga qarshi chora: YeOIIda choy, qahva va o‘yinchoqlar markirovka qilinadi
Yangiliklar lentasi
0