Go‘sht narxini barqarorlashtirish uchun aholiga chorva ozuqasi xaridiga subsidiya berilishi mumkin

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishKorovi na pastbishe
Korovi na pastbishe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2026
Obuna bo‘lish
Chorva ozuqasini ko‘paytirish, aholiga subsidiya ajratish va qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilikni rivojlantirish, ozuqa bazasini mustahkamlash hamda go‘sht va sut mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda go‘sht yetishtirish tannarxining 30 foizi chorva ozuqasi xarajatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakatda bir bosh qoramol uchun yiliga 6,5 tonna ozuqa talab etiladi, ammo amalda 4 tonna ozuqa to‘g‘ri kelmoqda.
Prezidentga taqdim etilgan takliflar orasida:
chorva ozuqasi yetishtirish hajmini 2027-yilda 64,5 million tonnaga, 2030-yilda 90 mln tonnaga yetkazish;
100 dan ortiq ozuqa markazi va savdo shoxobchasini tashkil etish;
200 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish;
1 mln gektar yaylovga dronlar yordamida urug‘ sepish o‘rin olgan.
O‘zbekistonda qoramollarning 87 foizi aholi xonadonlarida boqiladi. Shu munosabat bilan 2027-yildan Qashqadaryo viloyatida sinov tariqasida aholining chorva ozuqasi xaridi uchun sarflagan mablag‘larining 10 foizini subsidiyalash taklif etildi.
Ozuqa ta’minotini yaxshilash va naslchilikni rivojlantirish hisobiga qoramollarning so‘yishga topshirishdagi tirik vaznini 250–350 kilogrammdan 450–550 kilogrammgacha oshirish hamda qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 25-noyabr kuni prezident tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Hududlarda 81 trillion so‘mlik mingta loyihani amalga oshirish orqali 320 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Tadbirkorlarga bitta ariza orqali bir nechta bankdan kredit takliflarini olish imkoniyatini yaratish ham nazarda tutilmoqda.
Davlat rahbari O‘mon, Iordaniya va Turkiya bilan erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan ham yig‘ilish o‘tkazdi. Har bir mamlakat bo‘yicha aniq muddatlar va mas’ul ijrochilar ko‘rsatilgan yo‘l xaritalarini ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey po meram razvitiya jivotnovodstva i ptitsevodstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
Chorvachilik va parrandachilikka $895 mln: go‘sht-sut hajmini oshirish rejalari taqdim etildi
Yangiliklar lentasi
0