Mirziyoyev nabirasiga maktub yozdi: yoshlarga qanday maslahatlar berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev napisal pismo vnuku Shavkatbeku
Shavkat Mirziyoyev napisal pismo vnuku Shavkatbeku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti yoshlarga ilm olish, vaqtni qadrlash va zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalanishni maslahat berdi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga parvoz davomida nabirasi Shavkatbekka maktub yozdi. Maktub davlat rahbarining rasmiy saytida e’lon qilindi.
Prezident maktubida o‘z bolaligi, hayot yo‘li va davlat rahbari sifatidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritib, yosh avlodga qator maslahatlar berdi.
“Yetuk inson bo‘lib ulg‘ayish, avvalo, o‘zingizga, iroda va sabot-matonatingizga bog‘liq”, — deya ta’kidlagan Mirziyoyev.
Davlat rahbarining yoshlarga bergan asosiy maslahatlari:
barcha fanlarni puxta o‘rganish va o‘z qobiliyatini to‘liq namoyon etishga intilish;
zamonaviy gadjetlar va sun’iy intellektdan samarali foydalanish, ammo ularga qaram bo‘lib qolmaslik;
ilm-fan yangiliklarini kuzatib borish va ularning mohiyatini tushunishga harakat qilish;
xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotmaslik;
har kuni yangi bilim, ko‘nikma va tajriba orttirish;
boshlangan ishni yakuniga yetkazish va uni keyinga qoldirmaslik;
vaqtni qadrlash va har bir daqiqadan unumli foydalanish;
muvaffaqiyatsizliklardan xulosa chiqarish, qiyinchiliklar oldida tushkunlikka tushmaslik;
qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, Vatan va xalqqa foyda keltirishga intilish;
halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik, mardlik va olijanoblik kabi insoniy fazilatlarni asrab-avaylash.
Mirziyoyev, shuningdek, o‘zbekistonlik yoshlarning xalqaro fan olimpiadalari, shaxmat bo‘yicha jahon musobaqalaridagi yutuqlari, ilmiy kashfiyotlari va nufuzli xorijiy universitetlarda tahsil olayotganini misol qilib keltirdi.
Prezident maktub yakunida ushbu nasihatlar nafaqat nabirasiga, balki O‘zbekistonning barcha bolalariga bag‘ishlanganini ta’kidladi
Mirziyoyev vstretilsya s aktivnoy i initsiativnoy molodejyu po sluchayu Dnya molodeji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2026
Mirziyoyev Yoshlar kunida faol yoshlar loyihalari bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0