https://oz.sputniknews.uz/20261124/great-britain-ukraine-portlovchi-modda-62257105.html
Buyuk Britaniya Ukrainaga yuzlab tonna qalbaki portlovchi modda yetkazib bergan — FT
Buyuk Britaniya Ukrainaga yuzlab tonna qalbaki portlovchi modda yetkazib bergan — FT
Sputnik O‘zbekiston
Financial Times jurnalistik tekshiruviga ko‘ra, Buyuk Britaniya Ukraina uchun AQShdan tonnalab qalbaki portlovchi modda sotib olgan. O‘nlab million funt sterlinglik bitimlar qurol-yarog‘ xaridi tizimidagi kamchiliklarni ko‘rsatgan.
2026-11-24T11:56+0500
2026-11-24T11:56+0500
2026-11-24T12:11+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
buyuk britaniya
ukraina
qurol-yarog‘
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/18/62256937_0:198:2935:1849_1920x0_80_0_0_f341121bb2e0cac138f73446e8999888.jpg
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Buyuk Britaniya Ukraina uchun AQShda ishlab chiqarilgan yuzlab tonna qalbaki C4 portlovchi moddasini sotib olgan. Bu haqda RIA Novosti "Financial Times" nashrining jurnalistik surishtiruviga tayanib xabar berdi.Nashrning ma’lum qilishicha, amerikalik qurol savdogari, sobiq politsiyachi Rayan Morrisga tegishli "Tripwire South LLC" kompaniyasi Britaniya Mudofaa vazirligi bilan yuzlab tonna portlovchi modda yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzgan.Qariyb uch yil davomida amalga oshirilgan xaridlar qiymati o‘nlab million funt sterlingni tashkil etgan.Nashrning ta’kidlashicha, mazkur holat Buyuk Britaniyada Ukraina uchun qurol-yarog‘ xarid qilishning tezlashtirilgan tartibidagi jiddiy kamchiliklarni ko‘rsatmoqda. Xususan, yetkazib beruvchilarni tekshirish, mahsulot sifatini nazorat qilish va xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq savollar yuzaga kelgan.Rossiya G‘arb mamlakatlarining Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga to‘sqinlik qilishini bir necha bor ta’kidlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260823/ukraine-urush-tugatish-59897966.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/18/62256937_103:0:2834:2048_1920x0_80_0_0_0ee2c9fce839ded4f15e79d297b9f311.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, buyuk britaniya, ukraina, qurol-yarog‘
dunyo yangiliklari, dunyoda, buyuk britaniya, ukraina, qurol-yarog‘
Buyuk Britaniya Ukrainaga yuzlab tonna qalbaki portlovchi modda yetkazib bergan — FT
11:56 24.11.2026 (yangilandi: 12:11 24.11.2026) Nashr surishtiruviga ko‘ra, Britaniya Mudofaa vazirligi Ukraina uchun o‘nlab million funt sterlingga sifatsiz portlovchi moddalar xarid qilgan.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Buyuk Britaniya Ukraina uchun AQShda ishlab chiqarilgan yuzlab tonna qalbaki C4 portlovchi moddasini sotib olgan. Bu haqda RIA Novosti "Financial Times" nashrining jurnalistik surishtiruviga tayanib
xabar berdi.
Nashrning ma’lum qilishicha, amerikalik qurol savdogari, sobiq politsiyachi Rayan Morrisga tegishli "Tripwire South LLC" kompaniyasi Britaniya Mudofaa vazirligi bilan yuzlab tonna portlovchi modda yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzgan.
Kompaniya mahsulotni an’anaviy C4 moddasidan kuchliroq bo‘lgan yangi turdagi portlovchi modda sifatida taqdim etgan.
Qariyb uch yil davomida amalga oshirilgan xaridlar qiymati o‘nlab million funt sterlingni tashkil etgan.
Nashrning ta’kidlashicha, mazkur holat Buyuk Britaniyada Ukraina uchun qurol-yarog‘ xarid qilishning tezlashtirilgan tartibidagi jiddiy kamchiliklarni ko‘rsatmoqda. Xususan, yetkazib beruvchilarni tekshirish, mahsulot sifatini nazorat qilish va xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq savollar yuzaga kelgan.
Morris va uning kompaniyasi mahsulot haqida chalg‘ituvchi ma’lumotlar taqdim etganlik to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etgan hamda nashrni sudga berish bilan tahdid qilgan.
Rossiya G‘arb mamlakatlarining Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga to‘sqinlik qilishini bir necha bor ta’kidlagan.