https://oz.sputniknews.uz/20261124/armenia-konstitutsiya-loyiha-62254676.html
Ozarbayjon Armanistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasini tinchlik sari qadam deb baholadi
Ozarbayjon Armanistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasini tinchlik sari qadam deb baholadi
Sputnik O‘zbekiston
Armanistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasidan Qoraboqq oid havola, Ararat tog‘i va Nuh kemasi tasvirlangan gerb tavsifi chiqarib tashlandi. Ozarbayjon hujjatni ijobiy baholadi, Armaniston muxolifati esa unga qarshi chiqdi.
2026-11-24T10:59+0500
2026-11-24T10:59+0500
2026-11-24T11:10+0500
nikol pashinyan
tog‘li qorabog‘
dunyo yangiliklari
referendum
tinchlik
dunyoda
ozarbayjon
armaniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/18/62254302_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_e00c3e088f79bd3f811cda4040b1bf8f.jpg
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Armanistonda yangi Konstitutsiya loyihasi e’lon qilindi. Hujjatdan Qoraboqqa oid havola hamda Ararat tog‘i va Nuh kemasi tasvirlangan davlat gerbining tavsifi chiqarib tashlangan. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar berdi.Amaldagi Konstitutsiyaga ko‘ra, Armaniston davlat gerbining markazida Nuh kemasi bilan Ararat tog‘i hamda tarixiy Armanistonning to‘rtta podsholigi gerblari tasvirlangan.Shuningdek, hujjat muqaddimasidan Armanistonning 1990-yilgi Mustaqillik deklaratsiyasiga havola olib tashlangan. Mazkur deklaratsiyada Armaniston SSR va Tog‘li Qorabog‘ning birlashishi hamda 1915-yilda Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan armanlar genotsidining xalqaro miqyosda tan olinishi haqida so‘z boradi.Ozarbayjonning munosabatiOzarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Armanistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasida Ozarbayjonga nisbatan hududiy da’volar mavjud emasligini ijobiy baholadi, deb xabar bermoqda Sputnik Ozarbayjon. Uning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiya bilan bog‘liq masala hal etilgach, ikki mamlakat o‘rtasida tinchlik bitimini imzolash uchun boshqa to‘siqlar qolmaydi.Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham yangi Konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng Ozarbayjon bilan tinchlik bitimi imzolanishi va ratifikatsiya qilinishini ma’lum qildi.Muxolifat bunga qarshiYangi Konstitutsiya loyihasini referendumga olib chiqish uchun parlamentning 105 nafar deputatidan kamida 70 nafari uni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Pashinyanning hukmron partiyasi esa 64 ta mandatga ega.Muxolifat vakillari taklif etilayotgan Konstitutsiyaga qarshi chiqib, mamlakat Asosiy qonuni xorijiy davlatlar talabi bilan o‘zgartirilmasligi kerakligini ta’kidlamoqda.Eslatib o‘tamiz, 2025-yil avgust oyida Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp vositachiligida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik bitimi dastlabki tarzda imzolangan edi. Armaniston Konstitutsiyasidan hududiy da’volarga oid havolani chiqarib tashlash Bokuning tinchlik bitimini yakuniy imzolash uchun asosiy shartlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20230522/armaniston-qorabog-ozarbayjon-35210358.html
tog‘li qorabog‘
armaniston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/18/62254302_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_8863668ccd2315f3fa1291a291985359.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nikol pashinyan, tog‘li qorabog‘, dunyo yangiliklari, referendum, tinchlik, dunyoda, ozarbayjon, armaniston
nikol pashinyan, tog‘li qorabog‘, dunyo yangiliklari, referendum, tinchlik, dunyoda, ozarbayjon, armaniston
Ozarbayjon Armanistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasini tinchlik sari qadam deb baholadi
10:59 24.11.2026 (yangilandi: 11:10 24.11.2026) Armanistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasidan milliy ramzlar — Ararat tog‘i va Nuh kemasi tavsifi hamda Usmoniylar imperiyasidagi armanlar genotsidi qayd etilgan deklaratsiyaga havola chiqarildi
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Armanistonda yangi Konstitutsiya loyihasi e’lon qilindi. Hujjatdan Qoraboqqa oid havola hamda Ararat tog‘i va Nuh kemasi tasvirlangan davlat gerbining tavsifi chiqarib tashlangan. Bu haqda Sputnik Armaniston
xabar berdi.
Amaldagi Konstitutsiyaga ko‘ra, Armaniston davlat gerbining markazida Nuh kemasi bilan Ararat tog‘i hamda tarixiy Armanistonning to‘rtta podsholigi gerblari tasvirlangan.
Yangi Konstitutsiya loyihasida esa davlat gerbi, bayrog‘i va madhiyasi referendum orqali qabul qilinadigan qonun bilan belgilanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, hujjat muqaddimasidan Armanistonning 1990-yilgi Mustaqillik deklaratsiyasiga havola olib tashlangan. Mazkur deklaratsiyada Armaniston SSR va Tog‘li Qorabog‘ning birlashishi hamda 1915-yilda Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan armanlar genotsidining xalqaro miqyosda tan olinishi haqida so‘z boradi.
Ozarbayjonning munosabati
Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Armanistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasida Ozarbayjonga nisbatan hududiy da’volar mavjud emasligini ijobiy baholadi, deb xabar bermoqda
Sputnik Ozarbayjon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiya bilan bog‘liq masala hal etilgach, ikki mamlakat o‘rtasida tinchlik bitimini imzolash uchun boshqa to‘siqlar qolmaydi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham yangi Konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng Ozarbayjon bilan tinchlik bitimi imzolanishi va ratifikatsiya qilinishini ma’lum qildi.
Yangi Konstitutsiya loyihasini referendumga olib chiqish uchun parlamentning 105 nafar deputatidan kamida 70 nafari uni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Pashinyanning hukmron partiyasi esa 64 ta mandatga ega.
Muxolifat vakillari taklif etilayotgan Konstitutsiyaga qarshi chiqib, mamlakat Asosiy qonuni xorijiy davlatlar talabi bilan o‘zgartirilmasligi kerakligini ta’kidlamoqda.
Pashinyan esa fuqarolar referendumda yangi Konstitutsiyani qo‘llab-quvvatlamasa, iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil avgust oyida Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp vositachiligida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik bitimi dastlabki tarzda imzolangan edi. Armaniston Konstitutsiyasidan hududiy da’volarga oid havolani chiqarib tashlash Bokuning tinchlik bitimini yakuniy imzolash uchun asosiy shartlaridan biri bo‘lib kelmoqda.