O‘zbekiston tarvuzlarining 99 foizdan ortig‘i YeOII davlatlariga eksport qilindi— infografika
O‘zbekiston tarvuzlarining 99 foizdan ortig‘i YeOII davlatlariga eksport qilindi— infografika
Sputnik O‘zbekiston
2026 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston 40,4 mln dollarlik 139 ming tonna tarvuz eksport qildi. Uning qariyb 99 foizi YeOII davlatlariga to‘g‘ri keldi. Eng yirik xaridorlar — Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston.
2026 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistondan eksport qilingan tarvuzlarning 99 foizidan ortig‘i YeOII davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etilgan.Mazkur davrda O‘zbekiston 15 ta xorijiy davlatga umumiy qiymati 40,4 mln dollarlik 139 ming tonna tarvuz eksport qildi.Eng yirik xaridor Rossiya bo‘lib, ushbu mamlakatga 68,7 ming tonna tarvuz yetkazib berildi. Ikkinchi o‘rinda 41,9 ming tonna bilan Qozog‘iston turibdi.Qirg‘iziston va Belarus ham asosiy xaridorlar qatoriga kirdi. Umuman, YeOIIning ushbu to‘rt davlatiga 137,7 ming tonna tarvuz eksport qilingan.Tarvuz eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,6 mln dollarga yoki 23,3 foizga oshdi.Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
O‘zbekistondan eksport qilingan 139 ming tonna tarvuzning 99 foizdan ortig‘i YeOII davlatlariga yetkazildi. Eng ko‘pini Rossiya xarid qildi.
2026 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistondan eksport qilingan tarvuzlarning 99 foizidan ortig‘i YeOII davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etilgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston 15 ta xorijiy davlatga umumiy qiymati 40,4 mln dollarlik 139 ming tonna tarvuz eksport qildi.
Eng yirik xaridor Rossiya bo‘lib, ushbu mamlakatga 68,7 ming tonna tarvuz yetkazib berildi. Ikkinchi o‘rinda 41,9 ming tonna bilan Qozog‘iston turibdi.
Qirg‘iziston va Belarus ham asosiy xaridorlar qatoriga kirdi. Umuman, YeOIIning ushbu to‘rt davlatiga 137,7 ming tonna tarvuz eksport qilingan.
Tarvuz eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,6 mln dollarga yoki 23,3 foizga oshdi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.