https://oz.sputniknews.uz/20261119/uzbekistan-iqtisodiyot-62130639.html
O‘zbekiston iqtisodiyotida “qizib ketish” alomatlari kuchaymoqda — ING
O‘zbekiston iqtisodiyotida “qizib ketish” alomatlari kuchaymoqda — ING
Sputnik O‘zbekiston
Niderlandiyaning ING moliyaviy guruhi O‘zbekiston iqtisodiyotida “qizib ketish” alomatlari kuchayganini ma’lum qildi. MVF ham yuqori o‘sish sur’atlari bilan bog‘liq xavflardan ogohlantirib, budjet xarajatlarini nazorat qilishga chaqirdi.
2026-11-19T11:59+0500
2026-11-19T11:59+0500
2026-11-19T12:12+0500
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21016888_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_59c94fc9f15931d0f09a8a9e8636f521.jpg
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston iqtisodiyotida yuqori o‘sish sur’atlari bilan birga “qizib ketish” alomatlari kuchaymoqda. Bu haqda Niderlandiyaning ING moliyaviy guruhi noyabrdagi tahliliy hisobotida ma’lum qildi.Tahlilchilarning fikricha, mamlakat iqtisodiyoti o‘zining mavjud imkoniyatlaridan yuqori sur’atda o‘smoqda. Inflyatsiya hanuz Markaziy bank belgilagan 5 foizlik maqsaddan yuqori, iqtisodiyotda davlatning ishtiroki kattaligicha qolmoqda.Iqtisodiyotning “qizib ketishi” nima?Bu iqtisodiyotda tovar va xizmatlarga talab ishlab chiqarish imkoniyatlaridan tezroq o‘sishini anglatadi. Bunday holat narxlar oshishi, import ko‘payishi va iqtisodiy muvozanat buzilishi xavfini kuchaytirishi mumkin.Mutaxassislar tez o‘sishga aholi iste’moli, investitsiyalar, sanoat faolligi va iqtisodiy islohotlar turtki berayotganini qayd etgan.Shu bilan birga, ING O‘zbekiston kelgusi yillarda ham rivojlanayotgan mamlakatlar orasida eng tez o‘suvchi iqtisodiyotlardan biri bo‘lib qolishini kutmoqda.Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham ogohlantirganXalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze 13-noyabr kuni Markaziy bankda o‘tkazilgan brifingda iqtisodiyotning yuqori sur’atda o‘sishi uning “qizib ketishi” xavfini oshirishini ta’kidlagan edi.Gvenetadze oltin narxining yuqoriligi budjetga qo‘shimcha daromad keltirayotganini qayd etib, bu mablag‘larni avtomatik ravishda davlat xarajatlarini oshirishga yo‘naltirmaslikni tavsiya qildi.Shuningdek, XVJ O‘zbekistonda elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlar tariflarini bosqichma-bosqich oshirishni davom ettirish tarafdori ekanini bildirdi. Ta’kidlanishicha, amaldagi tariflar hali xizmat ko‘rsatish xarajatlarini to‘liq qoplamayapti.Markaziy bank qanday chora ko‘rmoqda?O‘zbekiston Markaziy banki 4-noyabr kuni asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi.Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida iqtisodiyot 8,3 foizga o‘sgan. Yil yakunida inflyatsiya taxminan 7 foiz bo‘lishi kutilmoqda.ING tahlilchilari esa inflyatsiyaning yanada pasayishi va budjet intizomi ta’minlanishi sharti bilan kelgusida pul-kredit siyosatini bosqichma-bosqich yumshatish imkoniyati borligini ta’kidlamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260620/xvj-ozbekistonni-xatardan-ogohlantirdi-58470331.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21016888_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b28f20ac931ea31d8da9afb92327cd61.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston
O‘zbekiston iqtisodiyotida “qizib ketish” alomatlari kuchaymoqda — ING
11:59 19.11.2026 (yangilandi: 12:12 19.11.2026) ING tahlilchilari O‘zbekistonda jadal iqtisodiy o‘sish bilan birga “qizib ketish” alomatlari kuchayib borayotganidan ogohlantirdi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston iqtisodiyotida yuqori o‘sish sur’atlari bilan birga “qizib ketish” alomatlari kuchaymoqda. Bu haqda Niderlandiyaning ING moliyaviy guruhi noyabrdagi tahliliy hisobotida
ma’lum qildi.
Tahlilchilarning fikricha, mamlakat iqtisodiyoti o‘zining mavjud imkoniyatlaridan yuqori sur’atda o‘smoqda. Inflyatsiya hanuz Markaziy bank belgilagan 5 foizlik maqsaddan yuqori, iqtisodiyotda davlatning ishtiroki kattaligicha qolmoqda.
Iqtisodiyotning “qizib ketishi” nima?
Bu iqtisodiyotda tovar va xizmatlarga talab ishlab chiqarish imkoniyatlaridan tezroq o‘sishini anglatadi. Bunday holat narxlar oshishi, import ko‘payishi va iqtisodiy muvozanat buzilishi xavfini kuchaytirishi mumkin.
ING prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2026-yilda 8,1 foizga, 2027-yilda esa 6,7 foizga o‘sadi.
Mutaxassislar tez o‘sishga aholi iste’moli, investitsiyalar, sanoat faolligi va iqtisodiy islohotlar turtki berayotganini qayd etgan.
Shu bilan birga, ING O‘zbekiston kelgusi yillarda ham rivojlanayotgan mamlakatlar orasida eng tez o‘suvchi iqtisodiyotlardan biri bo‘lib qolishini kutmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham ogohlantirgan
Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze 13-noyabr kuni Markaziy bankda o‘tkazilgan brifingda iqtisodiyotning yuqori sur’atda o‘sishi uning “qizib ketishi” xavfini oshirishini ta’kidlagan edi.
Uning fikricha, mamlakat muayan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishishni emas, balki uzoq muddatli barqaror rivojlanishni asosiy maqsad qilishi kerak.
Gvenetadze oltin narxining yuqoriligi budjetga qo‘shimcha daromad keltirayotganini qayd etib, bu mablag‘larni avtomatik ravishda davlat xarajatlarini oshirishga yo‘naltirmaslikni tavsiya qildi.
Shuningdek, XVJ O‘zbekistonda elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlar tariflarini bosqichma-bosqich oshirishni davom ettirish tarafdori ekanini bildirdi. Ta’kidlanishicha, amaldagi tariflar hali xizmat ko‘rsatish xarajatlarini to‘liq qoplamayapti.
Markaziy bank qanday chora ko‘rmoqda?
O‘zbekiston Markaziy banki 4-noyabr kuni asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida iqtisodiyot 8,3 foizga o‘sgan. Yil yakunida inflyatsiya taxminan 7 foiz bo‘lishi kutilmoqda.
Markaziy bank ham ichki talabning yuqoriligi narxlar o‘sishiga bosim o‘tkazayotganini qayd etib, qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlash zarurligini bildirgan.
ING tahlilchilari esa inflyatsiyaning yanada pasayishi va budjet intizomi ta’minlanishi sharti bilan kelgusida pul-kredit siyosatini bosqichma-bosqich yumshatish imkoniyati borligini ta’kidlamoqda.